Ota-ona roziligi uchun farzanddan voz kechish mumkinmi?
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu, muhtaram Shayx Hazratlari!Yaratgan Egamiz Islom yo‘lidagi xizmatlaringizda quch-quvvat, barakasini bersin.Shayx hazratlari, maslahatingizga muhtojman, qiyin ahvoldaman.Oilaliman. Taqdir ekan, ilk farzandimiz nogiron tug‘ildi. Shu sababli ota-onam menga ajrashishni va farzandimizni nogironlar uyiga topshirishni buyurishmoqda. Oilamni saqlab qolishimga qarshilar. Nima qilsam buladi? Ota-onam roziligi uchun ajrashishim va farzandimni topshirishim to‘g‘ri buladimi?Oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avval bola nimaga nogiron tug‘ilgani haqida tabiblarning mulohazasini o‘rganish kerak. Bolaning qanday tug‘ilishi faqat ayol kishiga bog‘liq emas. Umuman, siz qilmoqchi bo‘lgan ish to‘g‘ri emas. Og‘ir vaqtda jufti halolini taloq qilishga o‘tish durust emas. Nikoh, oila, er – xotinlik hurmati qaerda qoladi.
27 Май 2022, 05:42 | Савол-жавоблар | 159 | Oila va turmush