Xajga borish muammosi xakida

Assalomu alaykum muxtaram Shayx Xazratlari. Sizga yaratgandan uzok umr, salomatlik tilaganim xolda kalbimdagi utinchimni bildirmokni ixtier kildim. Men Kosimov Shodmonbek 1932 yilda Andijonda tavallud topganman.Xozirda oilam Kosimova Inobatxon Bilan Andijon shaxar Olmazor kucha 7-xonadonda istikomat kilib kelmokdamiz. Sizga xat ezishdan maksadim shuki, men ayolim bilan muborak Xaj ziyoratiga borish uchun 1992 yilda "X.Kodirov" maxalla fukarolar yigini (sobik Mirpustin)ga ariza Bilan murojaat etganman.Shundan beri bir necha marta arizalarni kayta-kayta yozib noumid bulib kelmokdamiz.2009 yilgi xaj ziyoratiga borish maksadida Andijon viloyat xaj va umra ishlari buyicha xay’at raisi A.Ketmonov xuzuriga kirmokchi buldim.Ikki marta ka’bul kunida borib,ushbu muxtaram zotning ka’buliga kira olmadim. Keyin menga Ketmonovning yordamchisi deb Ilxomjon ismlik yigitni kursatishdi. Ilxomjon menga maxala fukarolar yiginiga boring ushalar bizga xujjatlarni takdim etishadi dedi.Maxalladan esa ijobiy natija bulmadi.Xullas "bor otangga kel onangga" bulib yuribmiz. Naxotki 18 yilda xam navbat kelmasa. Yoshim 78 ga bordi, ayolim 73 yoshda.Ollox Sizdan rozi bulsin uglim, bizlarga 2010 yilgi xaj ziyoratiga borishimiz uchun yullanma olishga yordam bering.Islomning beshta farzidan turttasini bajarib kelmokdamiz.Beshinchi farzini bajarmok niyatida yurgan biz kariyalarning iltimosini javobsiz koldirmassiz degan umidda Shodmonbek Kosimov. Ollox Sizdan rozi bulsin , bizlarga esa Ollox chakirigi bilan xalollik ila muborak xaj ziyoratiga borishlik nasib etsin Omin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taloning O‘zi ishingizni oson qilsin!

27 Май 2022, 05:42 | Савол-жавоблар | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar