Inson farishta bo‘lishi shart emasmi?

Menga huddi hamma narsani birdaniga bilishim kerak dek tuyuladi. Bir paytning o’zida men bilmayotgan ko’p narsalar o’tib ketayapti degan fikr hayolimda kelib qolaveradi. Misol: meni qalbimda juda ko’p bilmayotgan maxfiy hastaliklar bor, dangasalik avj urmaqda, lekin qo’limdan kelganicha harakat qilyapman, ammo baribir bo’lmayotgandek tuyulayapti, qalbimni sof desam, sof emasga kir desam kir emasga o’shab tuyulaveradi, qolaversa hozirni o’zida men to’g‘ri deyotgan narsalarni ko’pi notig‘ri bo’lishi noto’g‘ri deyayotgan narsalarim to’g‘ri bo’lishi mumkin, Xullas men ko’p fikrlar ustida boshqotirib ko’p narsalarni aniqlashtirib olganim bilan ham bundan xalos bo’lish qiyin bo’lyapti. Shuncha narsani anqlab oldim, qolgani ham sekin sekin bo’ladi, hammasi bo’lmasa ham noto’g‘ri bo’lmaydi, chunki inson farishta bo’lishi shart emas deb o’zimga o’qtiraman. Ammo haligacha aniqlik yoq yoki bo’lsa ham ko’rmayapman. Shuning uchun bir narsani so’rasam. Birdaniga harnarsani hal qilishga o’zimni uravermasam va qo’ldan kelganicha o’z o’zdanmi qalbimni va aqlimni mukammallashtirib borsamu, lekin bazilariga ulgurmasam nato’g‘ri bo’lmaydimi.02-savolimEng yomoni shundaki men atrofingdagi barcha insonlarni ham ko’p narsadan be habar deb o’ylayman. Ular bunga bosh qotirishmaydi, ular rux tarbiyasi kitoblaringizni o’qishi kerak, qanday bo’lmasin qalbini barcha o’fatlardan halos qilish kerak, faqat Olloh roziligini istashi kerak, insonlar o’zini katta olmasligi kerak, boylikka xirs qo’yymasligi kerak, bu duyga muhabbat qo’ymasligi kerak, o’rzu havasni yoqtirmasligi kerak, unday bo’lishi kerak bunday bo’lishi kerak, hulas insonlar farishtadek beayb bo’lishi kerak deb o‘ylayman. Men aroq ichib, zino qilib horom ishlarni qilayotgan insonlarni farishtadek bo’lishi haqida emas, to’gri ular haqida ham o‘ylayman Lekin men asosan namozini kanda qilmaydigan namozhon, qorihon yoki ilimli, islom rukunlariga amal qilib yurgan musulmon insonni ko’rsam va shularda men aytgandaka hastaliklar bo’lsa anashularni farishtadek pok bo‘lmaydimi degan o‘ylar bilan boshim qotib ketadi. Bu bilan Allohni fitratiga qarshi borayotgan dirman, lekin tushuncha bo’lmasa harqanday notug‘ri tushuncha ham haqqoniydek tuyular ekan. Hazratim iltimos shular haqida azgina bo‘lsa ham tushuncha berib qo‘ysangiz. sizdan men ojiz shogirdingiz sizdan juda minnaddor bo‘lardim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Noto‘g‘ri bo‘lmaydi.2. Odamdan farishta bo‘lish talab qilinmaydi. Farishtalar o‘zlariga xos zotlar. Odam odam bo‘lishi kerak. Allohning dinida yurgan odamlar haqiqiy odamlar. Qo‘ldan kelganicha amal qiladilar. Xato qilsa, tavba qiladilar.

27 Май 2022, 05:49 | Савол-жавоблар | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar