Akalik xurmati

Shayx janoblari!Bir masalada erdam bersangiz.Men uz tasarufimdagi bir mulkni akamga vaktincha foydalanish uchun bergan edim.lekin uning ugli ushbu mulkni boshka maksadda (men norozi buladagan) ishlaetganini kurdim vva jiyanimni bunday kilmasligini akam bexabarligi uchun akamga etkazdim.Lekin akam birdaniga achchiklanib jiyaning nima kilgan takdirda xam mening xurmatim uchun barcha narsaga chidashing kerak dedi.Men uz narsamni kaytarib berishini suradim.U kaytarib bersa xam mendan norizo ekanini bildirib kargadi.Uni xakoroatli suzlari meni gangitib kuydi.Nima kilsam akamni rozi kilaman, uzi ota dan keyin aka ukalik xurmati,xak xukuklari kanday? Aziz domlajon, maslaxatingizga muxtojman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
KATTA AKANING O‘RNI VA UNGA YaXShILIK QILISh HAQIDAGI BOBSa’iyd ibn Amr ibn Ossdan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Aka-ukalarning kattasining haqqi otaning bolasiga bo‘lgan haqqichadir».Katta akaning ukalaridagi haqqi otaning bolasiga bo‘lgan haqqi kabidir. Shuning uchun oilada ota vafot etib ketsa katta o‘g‘il boshliq bo‘lib qoladi. Boshqa farzandlar uning ukalari, singillari kim bo‘lsa bo‘lsin, otaga qanday itoat qilsa katta akaga shunday itoat qilishi kerak. Chunki Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam buni aytib turibdilar. Katta akaning haqqi otaning bolaga bo‘lgan haqqi kabiligini yaxshi bilishimiz kerak.Musulmonlarda bu hadisi sharifga yaxshi amal qilib kelingan. Oilalarda otadan keyin katta aka boshliq bo‘lib qolgan. Uni ukalari otaning o‘rniga hurmatlaganlar va unga itoatda bo‘lganlar.Ammo bu itoat shariatga muvofiq ishlardadir. Shariatga nomuvofiq ish bo‘lsa, ota-onaga ham, katta akaga ham itoat qilinmaydi. Sizning gapingizga qaraganda ham, jiyaningiz noshar’iy ish qilganga o‘xshamoqda.

27 Май 2022, 05:51 | Савол-жавоблар | 176 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar