Islomni yomon ko‘rsatish!

Assalamu alaykum Ustoz! Bizlarni to‘gri yo‘lda adashlik uchun Alloh uzi tafviq bersin. Ustoz, Kitob, ma‘ruzalar va turli saytlaringizdan bizlarga ko‘plab ilmlarni berganingiz uchun ulkan tashakkur, Alloh qilayotgan ishlaringizdan ro‘zi bulsin, va bizlarga uzoq yillar ilm berishda muaffaq aylasin.Ustoz, saytingizni koplab azolari chet elda yurgan yurtdoshlarimiz. Hozirda G‘arb mamlakatlarida (hususan AQSHda) bo‘layotgan, turli hil yo‘llar bn islomni yomon kursatish avj o‘lgan. Ustoz, chet elda hususan G‘arb mamlakatlarida yurgan yoshlarimizga turli yo‘llarda adashmaslik uchun maslahatlaringizni bersangiz?Ilm olish va yana qaysidir ma‘noda biz ham musulmonchilikda bularga o‘rnak buladigan zarur maslahatlaringizni bersangiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ushbu saytdagi mavjud ma’lumotlarning hammasi barchaga maslahatlar o‘rniga o‘tadi. Chetda yashayotgan diyndoshlarimiz o‘sha erdagi musulmonlar bilan yaxshi aloqada bo‘lib, diynni mahkam tutishga harakatda bo‘lishlari farz. Zotan, u erda turishlariga asosiy shart ham shu. Agar diynga zarracha zarar etadigan bo‘lsa, u erlarda bir lahza ham turib bo‘lmaydi.

27 Май 2022, 05:51 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar