Yordam kerak!!!

Assalomu alaykum Xazrat! Sizga ovsinimning xatini etkazmoqchiman. Hammamiz noqulay axvoldamiz.Muxtaram Xazrat, kimga va kaerdan erdam surashni bilmay oxiri sizga murojaat etishga jazm qildim. Biz oddiy oilamiz. Birinchi farzandimiz ham kasallik orqali nobud bo‘lgan. Keyingi 6 yoshlik qizimiz o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan og‘rib keladi. Uni bahorda operatsiya qildirishimiz kerak ekan. Toshkentdagi etuk malakali kardiologlarga ko‘rsatkanimizda bunday kasalliklarni faqat Novosibirskda katta pulga (10 000 $) operatsiya qilishlarini aytishdi. Ko‘z oldimizda qizimizning yuz-lablari, qo‘l-oyoqlari ko‘karib, yursa xansirab, charchab so‘lib borayapti. Bu farzandimizni ham yo‘qotishni hohlamaymiz.Siz ko‘p joylarda bo‘lasiz, iltimos, agar iloji bo‘lsa bizga yordam bera oladigan tashkilot, fondlar, qizil yarim oy jamiyati yoki biron bir saxovatli insonlarni topishga yordam bersangiz. Yoki shu xati sabab bo‘lib kimdir yordam bersa ajab emas. Qimmatli vaqtingizni olganligimiz uchun uzr.Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo O‘zi yordamchi bo‘lsin! Farzandingizga shifo bersin!

27 Май 2022, 05:51 | Савол-жавоблар | 143 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar