nikoh va murtadlar

Assalomu Alaykum va rahmatullohi va barakatuh hurmatli Shayh Janoblari mening ismim Abduvohid men sizga 2 ta savol bilan murojat qilmoqchi edim 1-savolim shuki men hozir nasroniy yurtdaman men taqdir taqazosi bilan nasroniya qizga uylanishga majbur bo‘lishim mumkin yani hali men hech bir qizni bilmayman ammo shunday bo‘lishi mumkin sizni bir marta musulmon yigit nasroniya qizga uylanishi mumkin degan va‘zingizni eshitgan edim agar shunday nikoh amalga oshsa bunday nikohning shartlari qanday bo‘ladi ? shu haqida iltimos batafsil malumot bering2-savolim shuki men yaqinda internetda bir guruh imom va shayhlarni nasroniy diniga o‘tganini ko‘rdim go‘yoki ular Qur‘ondan grammatik hatolar topgan emishlar (Astag‘firulloh ) meni o‘zim bitta arabni bo‘yniga hoch osib nasroniy diniga o‘tganini gapirib o‘tirganini ko‘rdim .Savolim shuki bunday murtadlar chiqishi haqida Payg‘ambarimiz(s.a.v) hadislarida marhamat qilganmilar ? Umuman biz musulmonlar bunday holatlarni qanday sharhlasak to‘g‘ri bo‘ladi ? eng qizig‘i ular qanday qilib Ollohning kalomidan grammatik hato topdik deb da‘vo qilishlari mumkin ?savollarim shular edi hurmatli Shayh Janoblari javobingiz uchun oldindan sizga minnatdorchilik bildiraman Olloh sizdan rozi bo‘lsin Assalomu Alaykum va rahmatullohi va barakatuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Sizga avval muslima qizga uylanish uchun urunishni nasiyhat qilaman. 2. Imom va shayxlar murtad bo‘lgani noto‘g‘ri. Siz yaxshilab o‘rganing. Bunday gaplar yolg‘ondan uyushtirilgan bo‘ladi.

27 Май 2022, 05:57 | Савол-жавоблар | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar