Qur’onda mayga nisbatan munosabat

Assalomu alaykum Hurmatli Shayx janoblari!Qur’oni karimning "Muhammad" surasining 15-oyatida jannatda ichuvchilar uchun mayli daryolar mavjudligi haqida aytilgan. Ushbu suraga asoslanib, agar jannatda maydan daryolar mavjud bo‘lsa, mayni ichish gunoh emas (chunki jannatda harom narsa bo‘lmaydi) degan fikrni bir odamdan eshitdim. Arabchani bilmasamda, Qur’oni karimning rus tilidagi bir necha tarjimalarini qarab chiqdim (Kuliev, Krachkovskiy, Osma’nosiv va Proxorova taxrirlarida). " V nem — reki iz vodы, chto nikogda ne ispыtaet porchi, I reki moloka, chto ne menyaet vkus, I reki iz vina v usladu tem, kto pet, I reki meda, chto ochien. "To‘g‘risini aytsam, haligi odamga nima deyishni bilmayapman. Yukoridagi fikrga munosabatingizni bilishni istardim. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha odam noto‘g‘ri gapni aytibdi. Buning ustiga sizning ruscha tarjimalarni o‘qiganingiz xalaqit beribdi. Jannatning hech bir narsasi dunyonikiga o‘xshamaydi. Buning ustiga bu dunyoda mast qiluvchi ichimliklar harom qilingani Qur’oni Karimning o‘zida, Moida surasida ochiq-oydin aytib qo‘yilgan. O‘sha ruscha kitoblarni varaqlab, mazkur oyatlarni o‘qisangiz ham, bo‘lar edi. Ammo nimagadir bu ishni qilmabsiz. Shunda sizlarga o‘xshab tortishiga o‘rin qolmagannini bilar edingiz. Siz aytgan oyat quyidagi oyatdir.- Taqvodorlarga va’da qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, ta’mi o‘zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr-sharobli anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va o‘z Robbilaridan mag‘firat bor. (O‘shalar) otashda mangu qoluvchi va o‘ta qaynoq suv ila sug‘orilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga o‘xsharmi?Mazkur oyatning avvalida Alloh taolo taqvodor bandalariga va’da qilingan jannatning vasfini keltirmoqda. «Taqvodorlarga va’da qilingan jannatning misoli (shuki):»U erda son-sanoqsiz ne’matlar mavjud, jumladan: «aynimagan suvli anhorlar bor». O‘ylab ko‘rilsa, butun avlodi jazirama sahroda bir tomchi suvga zor bo‘lib o‘tayotgan arablarga o‘sha vaqtda bu qanday ulkan ne’mat?! Biror qarich erida suv oqmaydigan diyorda har zamonda bir yog‘adigan yomg‘irdan qolgan ko‘lmak suvni uchratish mumkin. Ko‘lmak suv esa, hammaga ma’lumki, bir oz muddatdan so‘ng aynib, hidlanib qoladi. Shuning uchun «aynimagan suvli anhorlar bor», deyilmoqda. Bir yoki ikki emas, bir qancha anhorlari bor, bu qanday ulkan ne’mat!«ta’mi o‘zgarmagan sutli anhorlari bor». Bu ham tengsiz bir ne’mat. Tuyani har zamonda sog‘ib ichib yurgan arablar uchun naqadar tengi yo‘q ne’mat! Xuddi suv kabi uning ham ta’mi o‘zgarmagan, bir emas, bir necha anhorlar bor. Inson chaqoloqligidan tortib to umrining oxirigacha sutga ko‘p hojati tushadi. Shuning uchun ham oyatda suvdan keyin sutning zikri keladi.«ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr-sharobli anhorlar bor». Mayxo‘rlik arablar uchun o‘sha vaqtda eng ulug‘ va huzurbaxsh ish hisoblanardi. Ularning kattasi-yu kichigi, erkagi-yu ayoli yotsa ham, tursa ham maydan gapirishardi. Alloh taolo mayxo‘rlikni zararlari uchun bu dunyoda harom qildi. U dunyoda esa, zararsiz holatda, huzurbaxsh qilib, jannatning ne’matlaridan biriga aylantirdi. «musaffo asalli anhorlari bor».Asal ham Allohning ulug‘ ne’matlaridan. Ayniqsa, musaffo bo‘lsa. Alloh taolo jannatda taqvodor bandalari uchun musaffo asalli anhorlarni oqizib qo‘yadi. Bu qanday buyuk baxt!«Ular uchun unda barcha mevalar bor». Ahli jannat uchun Alloh taolo hamma mevalarni ham muhayyo etgan. Jannatiylar xohlagan mevasini xohlagan holatda uzib olib eydilar.«va o‘z Robbilaridan mag‘firat bor». Bu hammasidan yuqori oliy maqomli ne’matdir. Bandalik ila qilgan gunohlarning mag‘firat qilinishi barcha ne’matlarning eng a’losidir.Endi aroqning haromligi haqidagi oyatlarni taqdim qilishga izojat etgaysiz:90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. Arab tilida «xamr»» so‘zi «to‘sish», «berkitish» ma’nolarini anglatadi. Tanovul qilgan kishining aqliga ta’sir etadigan, uning aqlini to‘sadigan, berkitadigan, boshqacha aytganda, mast qiladigan har bir narsaga «xamr» deyiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir, har bir xamr haromdir», deyilgan. Bundan anglashiladiki, «Aroqdan boshqa narsalarni ichsa bo‘laveradimi? Ichmasayu, cheksa nima bo‘ladi?» kabi savollar, shuningdek, «aroqning o‘zi harom emas ekan-u, mast qilishi harom ekan», deganga o‘xshash «sharh»lar hammasi o‘rinsiz va mantiqsiz gaplardir.«Qimor» aslida arabcha so‘z, ammo oyatda aynan «qimor» so‘zi emas, balki uning murodifi «maysir» so‘zi keltirilgan. Bu esa, osonlik bilan mol topish ma’nosini bildiradi. Ya’ni, qimorning haqiqiy ma’nosiga dalolat qiladi.But va fol ochadigan cho‘plar haqida avvalgi oyatlar tafsirida etarli ma’lumotlar berilgan.Alloh taolo ushbu oyatda xamr tanovul qilish va qimor o‘ynash kabi amaliy gunohlarni butga cho‘qinish va folbinga ishonish kabi kufr va shirk sanalgan ulkan ma’naviy jinoyatlarga tenglashtirmoqda. Ba’zi odamlar butga cho‘qinishdan qattiq hazar qiladilar, o‘lib ketsa ham bu ishni qilishga ko‘nmaydilar. Ammo aroqni ichaveradilar, qimorni o‘ynayveradilar. Folbinga borish haqida ham shu fikrni aytsa bo‘ladi. Alloh taolo bu ishlarning barchasini qo‘shib-jamlab turib bir xil baho bermoqda.«Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir», demoqda. So‘ngra iymon keltirgan bandalariga xitob qilib:«Bas, undan chetda bo‘ling», demoqda.Ya’ni, mo‘min bandalarning najot topishlariga shoyad ushbu ifloslikdan va shaytonning ishidan chetda turish sabab bo‘lsa, demoqda.Keyingi oyatda esa, xamr bilan qimorning ushbu suraning siyoqiga mos keladigan ravishda zararlarini ham eslatib o‘tmoqda:Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydir. Endi to‘xtarsizlar?!Yuqorida o‘tgan oyatlarda avvalgi ummatlarning halokatiga ularning oralariga tushgan adovat va yomon ko‘rishlik ham sabab bo‘lgani eslatilgan edi.Bunday o‘zaro adovat va yomon ko‘rishlik musulmonlar orasida ham paydo bo‘lishiga xamr bilan qimor sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Xamrning shaxsga, oilaga, jamiyatga va butun insoniyatga keltiradigan zararlari haqidagi ma’lumotlar juda ham ko‘p, ma’lum va mashhurdir. Bu haqiqatlarni butun dunyo–musulmon ham, kofir ham, xudosiz ham, hatto aroqxo‘rlar ham yaxshi biladi. Biz u ma’lumotlarni takrorlab o‘tirmaylik-da, ushbu oyati karimada zikr qilingan zararini–kishilar o‘rtasida adovat va yomon ko‘rishga sabab bo‘lishini eslab o‘taylik. Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, qaerda ichkilik bo‘lsa, o‘sha joydan ko‘ngilsizlik kelib chiqadi. Ichkilik tufayli oilalar buzilgani qancha, aka-ukalar, ota-bolalar, do‘st-og‘ayni, qo‘ni-qo‘shnilar bir-biriga dushman bo‘lgani qancha. Ishxona, mahalla-ko‘y, to‘y-marosim, dam olish joylari va jamoatchilik to‘planadigan erlardagi adovat va yomon ko‘rishlarning hisobiga etib bo‘lmaydi. Hozirga kelib ichkilik, aroqxo‘r davlat rahbarlari sababli, mamlakatlar orasiga ham adovat solmoqda.Shuningdek, qimor ham zarari ko‘p illatdir. Ayniqsa, kishilar o‘rtasiga adovat va yomon ko‘rishlik solishi hammasidan o‘tib tushadi. Buni sodda mantiq ham ko‘rsatib turadi. Yutqizgan qimorboz o‘zidan bir daqiqa va bir harakat ila katta yoki oz miqdordagi mablag‘ni yutib olgan qimorbozni hech qachon yaxshi ko‘rmaydi yoki unga o‘zini do‘st sanamaydi. Qimorning orqasidan chiqqan janjallar, dushmanliklar, yomon ko‘rishlar, qotilliklar haqida har doim eshitib turamiz.Alloh taolo bu ikki narsani–xamr va qimorni «ifloslik va shaytonning ishi», deb atamoqda. Alloh O‘z bandalariga mehribon bo‘lgani uchun ularni ifloslik va shaytonning ishidan qaytaradi. Nopok taomlarni zararli bo‘lgani uchun harom qilganidek, iflos ishlarni ham bandalariga zararli bo‘lgani uchun harom qiladi.Ushbu oyati karimada zikr qilingan aroq bilan qimorning zararlaridan ikkinchisi–ular odamlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishi. Bu ma’lum va tushunarli hol. Aroqxo‘rning aroq ichishining o‘zi Allohni eslamasligiga dalil. Ichib mast bo‘lib olgandan keyin esa, umuman esga olmaydi. Namoz ham, boshqa ishlar qatori, aroqxo‘rning esidan chiqadi. Shuningdek, qimorga berilib ketgan qimorboz Allohning zikrini ham, namozni ham unutadi. Bu narsa aroq va qimor keltiradigan zararlarning eng kattasidir. Boshqa jinoyatlar shu unutishdan kelib chiqadi.Aroqxo‘r xalqlarning vakillari aroqdan fazilat topmoqchi bo‘ladilar: «Bu dunyoning g‘am-g‘ussalarini unuttiradi, bir oz bo‘lsa ham, bo‘shashib, o‘sha g‘amlardan, alamlardan uzoqlashish imkonini beradi», deydilar.Islomda bunga mas’uliyatdan qochish, g‘am-g‘ussa ustiga yana g‘am-g‘ussa qo‘shish deb qaraladi. Albatta, birov aroqni ichib, mast bo‘lib, g‘am-g‘ussasini unutgani bilan, hushiga kelganda g‘am-alamlardan qutulib qolmaydi. Balki avvalgi g‘am-g‘ussalariga aroqxo‘rlik tufayli kelgan g‘am-g‘ussalar qo‘shiladi. Islomda hayotning g‘am-g‘ussalarini ulardan qochish bilan emas, balki ularga qarshi kurashish bilan muolaja qilinadi. Musulmonlar qiyinchiliklarni engib o‘tishda doimo Alloh taolodan yordam so‘ragan hollarida ish olib boradilar. Hamisha Alloh taoloning zikrida bo‘ladilar, namozni kanda qilmaydilar. Allohning zikri va namoz dunyodagi barcha g‘am-g‘ussalarni to‘kib-soladigan, ularni hal qilishda, ulardan xolos bo‘lishda haqiqiy yordamchi bo‘lmish Allohdan madad so‘raydigan eng qulay fursatdir. Bunday qulay fursatni aroq ichish, qimor o‘ynash bilan qo‘ldan boy berish katta badbaxtlikdir.Aroqxo‘rlikka qarshi gapirsang, ba’zilar: «Sening ishing nima? Ichsa, o‘zining puliga ichibdi. Zarar ko‘rsa, o‘zi ko‘radi», deyishadi.Islomda bunday falsafa yo‘q. Musulmon odam faqat o‘zi uchun yashamaydi. U o‘zidan tashqari oilasi, qarindosh-urug‘i, jamiyati, qolaversa, butun insoniyat oldida mas’uliyatli shaxs hisoblanadi. Eng muhimi–Allohning oldida mas’uliyatlidir. Shuning uchun ham u, avvalo, o‘z joni oldidagi mas’uliyatni his etib, aroq tufayli molu mulkini, sog‘lig‘ini va obro‘yini yo‘qotish bilan o‘zini qiynamasligi kerak. Shuningdek, oilasini ham qiynashga haqqi yo‘q. Oilani boqib, kiyintirib, yaxshi joy bilan ta’minlab, uning obro‘yini himoya qilish o‘rniga, topganini ichib, etmasa, oilaning boshqa a’zolari topgan uncha-muncha mablag‘ni ham sarflab, ularning obro‘yini to‘kish katta jinoyat hisoblanadi. Shuningdek, qarindosh-urug‘lar ham undagi haqlaridan bebahra qolmasliklari kerak.Aroqxo‘r kishi jamiyat unga yaratib bergan imtiyozlardan foydalansa-yu, o‘zi unga xizmat qilish o‘rniga, tirik tavon bo‘lib, nogironlik nafaqasi so‘rab tursa, shunda ham aroqxo‘rlik «o‘zining ishi» bo‘ladimi?!Aroqxo‘rning Alloh taolo oldidagi mas’uliyati haqida har qancha gapirsak shuncha oz. Qisqa qilib aytganda, aroqxo‘r umuman Allohni unutgan odam bo‘ladi. Bunaqa odam haqida qanday qilib, «ichsa o‘zining puliga ichibdi, zarar ko‘rsa, o‘zi ko‘radi», deyiladi?!Bular oddiy fuqaroning aroqxo‘rligi haqidagi gaplar. Endi agar aroqxo‘r mas’ul odam, vazifador yoki hokim bo‘lsa, nima bo‘ladi? Aroqni o‘z puliga emas, xalq puliga ichsa, poraga olgan puliga ichsa, haromdan topgan, birovning haqidan yulib qolgan mablag‘iga ichsa-chi? Unda jinoyat bir necha chandon kuchayadi va zararlar ham shunchalik ko‘payadi. Tabiiyki, Allohning oldidagi gunohlar ham shunga yarasha bo‘ladi.Ushbu ikki oyat Qur’oni Karimdagi xamr haqidagi so‘nggi oyatlardir. Bu erda uning batamom harom ekanligi bayon qilingan.Xamr haqidagi oyatlar to‘rt marta, bosqichma-bosqich bo‘lib tushgan. Birinchi bor Nahl surasidagi oltinchi-ettinchi oyatda nozil bo‘lgan. Bu oyatda, xurmo va uzum mevalaridan yaxshi rizq va mast qiluvchi narsa olinishi aytilgandir. Bunda mast qiluvchi narsa, ya’ni, xamr yaxshi rizqqa qarshi qo‘yilgan, uning yomon narsa ekaniga ishora etilgan. Tushunadigan odamlar buni darrov tushunib olganlar.Xamr haqidagi ikkinchi oyat Baqara surasidagi ikki yuz o‘n to‘qqizinchi oyat bo‘lib, unda odamlar xamr va qimor haqida so‘rashlari va ularda ham foyda, ham zarar borligi, zararlari foydasidan ko‘pligi, ularda katta gunoh borligi aytiladi.Uchinchi bosqichdagi oyat esa, Niso surasidagi qirq uchinchi oyatdir. U oyatda musulmonlarga mast holda namoz o‘

27 Май 2022, 06:00 | Савол-жавоблар | 208 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar