Kaysi xolda yana xato kilmayman?
Xurmatli Shayx Xazratlari! Allox taolodan Sizga uzok umr tilagan xolda ushbu xolimni bayon etsam. Masala shuki, men xatolarim okibatida shu xolga tushib koldim. Endi tuzatish uchun chora yukdek. Endi uylangan vaktlarim ishdan kech kelardim. Xar kuni yigi-sigi. Kattalar yuk uzimiz uyda. Bir kuni jaxl ustida men talok suzini aytib kuyganman, aytganda xam "taloksan, 3 taloksan" deganman. Niyatim unga shu yaxshi bulsa kerak deb uylaganim edim. Birok bundaymas ekan. Shu sabab bilan masjidimiz imomiga bordim. Nikox ukitishdan bosh tortdi. Gapni kupaytirmasdan Toshkentga boringlar diniy idoraga deyishdi. Bordik, ish kunimas edi shekilli bir xizmatkor kishi tanishim fatvo bulimida ishlaydi dedilar. U kishining tanishiga uchrashdik. Xullas shu kishi (uzini fatvo bulimidanman deb tanishtirgan kishi) jarima tulaysizlar, bir kalomda aytilsa 3 talok 1 taga utadi dedilar, lekin nikox ukimadilar. Jarimani u kishiga tuladik va xat yozib berdilar. Uzimizning imomga kaytib keldik. U kishi yana bosh tortdi. Yana Toshkentga bordik. U xizmatkorning tanishi xozirda ishdamas ekan. Uyiga bordik. Juda nochor axvoldagi uy. Ayoli aldashga urinib bizni kaytarib yuborishga urindi. Lekin ayolim oyok kiyimdan u kishining uydaligini bilib kolib, balkongacha kirib borib u kishini ushlab oldilar. Xuddi majburiy bulgandek, nikox ukildi. Guvoxlarga u kishining ayoli va ugil farzandi (voyaga etganmi yukmi bilmadim) utdilar. Bunga ancha vakt buldi. Usha vaktda Sizga uchrasha olishlik xayolimizga sigmagan. Bu saytni bilmasdik. Endi tushundimki, bu notugri nikox bulgan. Endi nima kilsak tugri buladi. Buni kattalar va boshkalarning kupchiligi bilmay kolishgan. Bu takdirimdan deb shunga rozi bulib yashashim kerakmi. 3 farzand bor, 2 tasi keyingilar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Diniy idora bilan oldidan kelishib olib, albatta, fatvo bo‘lishi rahbariga uchranglar.
27 Май 2022, 06:02 | Савол-жавоблар | 158 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Diniy idora bilan oldidan kelishib olib, albatta, fatvo bo‘lishi rahbariga uchranglar.
27 Май 2022, 06:02 | Савол-жавоблар | 158 | Oila va turmush