Bomdod namoz

Assalomu alaykum! Bomdod namozini vaqtidan oldin o‘qib qo‘ydim. Misol tong 3:28 azon etildi shu azondan keyn o‘qidim. Bomdod taqvimda 4:20 ko‘rsatilgan vaqtda adashtim. Ibodatim durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqvimda bomdod namozi vaqtining avvali va oxiri ko‘rsatilgan, o‘sha ikki vaqt oralig‘ida o‘qisangiz namozni o‘z vaqtida ado qilgan bo‘lasiz. Masjidlarda odatda bomdod namozining mustahab vaqtida o‘qiladi. O‘sha vaqtni kutib o‘qisangiz savobi ulug‘roqdir. Vallohu a’lam!

28 Май 2022, 18:35 | Савол-жавоблар | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar