Isitilgan ovqat haqida hadis

Assalomu alaykum! Haqiqiy tibbiyot degan kitobda isitilgan ovqatning zararliligi haqida aytib o‘tilgan ekan, shuningdek Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kechqurun qolgan, ertasi kuni isitilgan ovqatni aslo emaganlar deyilgan ekan. Shu haqda biror hadis bormi? Agar bor bo‘lsa shunday ovqatlarni eyish joizmasmi, zararlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kechqurun qolgan, ertasi kuni isitilgan ovqatni aslo emaganlar” degan gapi noto‘g‘ri. Bu borada biror rivoyat mavjud emas. Hadisi sharifda issiq, qaynoq holatdagi taomni eyishdan qaytarilgan.  Vallohu a’lam!Ushbu linkdagi javoblarni o‘qing:https://savollar.islom.uz/s/182744https://savollar.islom.uz/s/109767

28 Май 2022, 21:35 | Савол-жавоблар | 215 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar