Hayz vaqtida er xotin aloqa qilishi
Assalomu alaykum! Hayzning oxirgi kunlarida ayol eri bilan qo‘shilsa bo‘ladimi va buni zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Turtusiy “Tahrimul favahish” kitobida o‘z sanadi bilan ibn Abbos roziyallohu anhudan: “Xunusalar jinlarning avlodlaridir – dedilar. Bu qanday bo‘lishi mumkin deyilganida. Alloh azza va jalli va rasuli kishini hayz holatida ayoliga yaqinlik qilishdan qaytargan. Mabodo yaqinlik qilinsa birinchi bo‘lib shayton u bilan yaqinlik qiladi. Homilador bo‘lib qolsa tug‘ilgan bolasi xunasa bo‘ladi deganlar” deb keltiradilar. Shuning uchun to‘liq to‘xtab g‘usl qilganidan keyin yaqinlik qilish kerak. Mabodo avvalgi oydagi odati 6 kun bo‘lsa keyingi oy 5 kunda qon to‘xtasa ham g‘usl qilib namozini boshlaydi, lekin 6 kun to‘lmagunicha er bilan yaqinlik qilmaydi. Chunki avvalgi odatga ko‘ra yana qon kelib qolish ehtimoli bor.
SAVOL: Hoizaga yaqinlik qilish mumkinmi?
JAVOB: Hoizaga yaqinlik qilish harom sanaladi. فَإِنْ جَامَعَهَا وَهُوَ عَالِمٌ بِالتَّحْرِيمِ فَلَيْسَ عَلَيْهِ إلَّا التَّوْبَةُ وَالِاسْتِغْفَارُ وَيُسْتَحَبُّ أَنْ يَتَصَدَّقَ بِدِينَارٍ أَوْ نِصْفِ دِينَارٍ Agar er harom bo‘lishini bilib turgan holida hoiza ayolga yaqinlik qilib qo‘ysa, zimmasiga tavba va istig‘for vojib bo‘ladi.
Hamda bir diynor (4.25 gr tillo) yoki yarim diynor (2.12.5 gr tillo) sadaqa qilib yuborishi mustahab sanaladi. (Fatavoi Hindiya).ثُمَّ قِيلَ إنْ كَانَ الْوَطْءُ فِي أَوَّلِ الْحَيْضِ فَبِدِينَارٍ أَوْ آخِرِهِ فَبِنِصْفِهِ ، وَقِيلَ بِدِينَارٍ لَوْ الدَّمُ أَسْوَدَ وَبِنِصْفِهِ لَوْ أَصْفَرَ So‘ngra aytildiki: agar yaqinlik hayz avvalida sodir bo‘lgan bo‘lsa, bir diynor, yoki oxirida bo‘lsa, yarim diynor sadaqa qilinadi. Yana aytildiki: agar qon qora bo‘lsa, bir diynor, sarg‘ish bo‘lsa, yarim diynor. (Roddul Muhtor)
SAVOL: hoizaga yaqinlik qilishning o‘zi harommi yoki kindik ostidan foydalanish ham harommi?
JAVOB: erga hoizaning kindik ostidan tizzagacha bo‘lgan joyidan kiyimsiz foydalanishi tahrimiy makruh hisoblanadi. Yaqinligi esa haromdir. يَحْرُمُ عليه الِاسْتِمْتَاعُ ما بين السُّرَّةِ وَالرُّكْبَةِ أَمَّا الِاسْتِمْتَاعُ بها بِغَيْرِ الْجِمَاعِ فَمَذْهَبُ أبي حَنِيفَةَ وَأَبِي يُوسُفَ وَالشَّافِعِيِّ وَمَالِكٍ يَحْرُمُ عليه ما بين السُّرَّةِ وَالرُّكْبَةِ وهو الْمُرَادُ بِمَا تَحْتَ الازار Erga hoiza ayolning kindik va tizza ostidan foydalanishi haromdir. Jimo‘ qilmasdan o‘sha joylardan foydalanishga keladigan bo‘lsak, Abu Hanifa, Abu Yusuf, Shofe’iy va Molik rohmatullohi alayhimlar mazhabi kindik bilan tizza ostigacha bo‘lgan joydan foydalanish joiz emas. Hadisda kelgan “Ma taxtal izor”dan foydalanish joizmasligi shudir, deyishadi. (Bahrur Roiq)
Savol: Ko‘pchilik ayollarda qon ko‘rish odati o‘n kundan kam bo‘ladi. Qon to‘xtagach, qonni ketkazib, bir yo‘la yaqinlikdan keyin g‘usl qilsa bo‘ladimi?
Javob: Odat qoni o‘n kundan kam bo‘lib, to‘xtaganda yaqinlik halol bo‘lishi uchun ikki narsa shartdir. Shu ikkisi topilmasa yaqinlik halol bo‘lmaydi.
1. G‘usl qilishi.
2. Zimmasiga namoz farz bo‘lishi.
Ko‘pchilik namozning zimmasiga farz bo‘lishini g‘usl va takbiri tahrima sig‘adigan vaqt o‘tishi bilan belgilaydilar. Aslida esa, ayol kishining qoni biror namozning oxirgi vaqtidan g‘usl va faqat takbiri tahrima sig‘adigan (ya’ni o‘sha vaqtdagi namozning to‘liq sig‘adigan vaqti qolgan bo‘lishi shart emas) vaqt qolgan bo‘lsa, o‘sha vaqtning namozi uning zimmasiga vojib bo‘ladi. Garchi g‘usl qilib kelib, takbiri uvloni aytganidan keyinoq namoz vaqti chiqib ketsada, zimmasiga qazosi lozim bo‘ladi. Agar namoz vaqtining oxirida to‘xtasayu, lekin namoz vaqti chiqib ketgunicha, g‘usl qilib, takbirga quloq qoqishga ulguradigan vaqt qolmagan bo‘lsa, o‘sha namoz uning zimmasiga vojib bo‘lmaydi va qazosini o‘qish ham zarur bo‘lmaydi. Masalan: Peshin vaqtidan g‘usl va takbiri tahrima sig‘adigan vaqt qolganda hayzdan pok bo‘linsa, peshin namozi uning zimmasiga farz bo‘ladi va qazosini o‘qishi lozimdir. Yaqinlik ham halol bo‘ladi. Agar o‘shanchalik vaqt qolmagan bo‘lganda qon to‘xtasa, peshin zimmasiga vojib bo‘lmaydi. Asrning avvalida pok bo‘ldi. G‘usl qilsa, g‘usl qilishi bilan yaqinlik halol bo‘ladi.
Agar g‘usl qilmasa, asr vaqti chiqib, shom vaqti kirmagunicha yaqinlik halol bo‘lmaydi. Agar yaqinlik qilsa, hayz holatida yaqinlik qilganlikka hukm qilinadi. Chunki namozning zimmaga vojib bo‘lishida oxirgi vaqt e’tiborga olinadi. Shuning uchun bir ayol peshin vaqti kirganidan keyin namozni ado qilmay oxirgi vaqtda qon ko‘rib qolsa, peshinnning qazosi zimmasiga lozim bo‘lmaydi. اعْلَمْ أَنَّهُ إذَا انْقَطَعَ دَمُ الْحَائِضِ لِأَقَلَّ مِنْ عَشْرَةٍ وَكَانَ لِتَمَامِ عَادَتِهَا فَإِنَّهُ لَا يَحِلُّ وَطْؤُهَا إلَّا بَعْدَ الِاغْتِسَالِ أَوْ التَّيَمُّمِ بِشَرْطِهِ كَمَا مَرَّ ؛ لِأَنَّهَا صَارَتْ طَاهِرَةً حَقِيقَةً أَوْ بَعْدَ أَنْ تَصِيرَ الصَّلَاةُ دَيْنًا فِي ذِمَّتِهَا ، وَذَلِكَ بِأَنْ يَنْقَطِعَ وَيَمْضِيَ عَلَيْهَا أَدْنَى وَقْتِ صَلَاةٍ مِنْ آخِرِهِ ، وَهُوَ قَدْرُ مَا يَسَعُ الْغُسْلَ وَاللُّبْسَ وَالتَّحْرِيمَةَ ، سَوَاءٌ كَانَ الِانْقِطَاعُ قَبْلَ الْوَقْتِ أَوْ فِي أَوَّلِهِ أَوْ قُبَيْلَ آخِرِهِ بِهَذَا الْقَدْرِ ؛ فَإِذَا انْقَطَعَ قَبْلَ الظُّهْرِ مَثَلًا أَوْ فِي أَوَّلِ وَقْتِهِ لَا يَحِلُّ وَطْؤُهَا حَتَّى يَدْخُلَ وَقْتُ الْعَصْرِ ؛ لِأَنَّهَا لَمَّا مَضَى عَلَيْهَا مِنْ آخِرِ الْوَقْتِ ذَلِكَ الْقَدْرُ صَارَتْ الصَّلَاةُ دَيْنًا فِي ذِمَّتِهَا ؛ لِأَنَّ الْمُعْتَبَرَ فِي الْوُجُوبِ آخِرُ الْوَقْتِ ، وَإِذَا صَارَتْ الصَّلَاةُ دَيْنًا فِي ذِمَّتِهَا صَارَتْ طَاهِرَةً حُكْمًا ؛ لِأَنَّهَا لَا تَجِبُ فِي الذِّمَّةِ إلَّا بَعْدَ الْحُكْمِ عَلَيْهَا بِالطَّهَارَةِ Bilingki, agar g‘usl qoni odat bo‘yicha o‘n kundan ozida to‘xtasa, g‘usl qilmasdan (suv topilmaganda esa) tayammum qilmasdan yaqinlik qilish halol bo‘lmaydi. G‘usl qilgach, pok bo‘ladi. Yoki bir namoz zimmasiga vojib bo‘lgandan keyin pok bo‘ladi. U g‘usl qilib kiyinish va takbir aytish miqdoricha bo‘lgan vaqtdir. Xoh qon namoz vaqtining avvalida to‘xtagan bo‘lsin, xoh shuncha miqdor qolganda bo‘lsin. Chunki namozning oxirgi vaqtidan shuncha miqdor qolganda qon to‘xtasa, namoz zimmasiga vojib bo‘ladi. Masalan: peshindan avval yoki peshinning avalgi vaqtida qon to‘xtasa, g‘usl qilasa, to asr vaqti kirmagunicha yaqinlik halol bo‘lmaydi. asr vaqti kirgach peshinning qazosi zimmasiga vojib bo‘lib, g‘usl qilmasada yaqinlik halol bo‘laveradi. Chunki peshinning oxirgi vaqtidan g‘usl, kiyinish, takbir aytish miqdoricha vaqt o‘tgandi, namoz zimmasiga vojib bo‘ldi. Namozning zimmaga vojib bo‘lishida oxirgi vaqt e’tiborga olinadi. Namoz zimmasiga vojib bo‘lishi bilan hukman pokka aylanadi. Chunki namoz hukman pok bo‘lgandan keyin zimmasiga vojib bo‘ladi. (Roddul Muhtor)
SAVOL: hoiza to‘liq o‘n kun qon ko‘rib pok bo‘lgandan keyin g‘usl qilmasdan avval yaqinlik qilsa bo‘ladimi?
JAVOB: to‘liq o‘n kun qon ko‘rgandan keyin pok bo‘lsa, g‘usl qilmasdan avval yaqinlik qilsa bo‘ladi. Chunki hayzning ko‘pi o‘n kun bo‘lib, shu muddat o‘tishi bilan ayol hukman pokka aylanadi. لَوْ انْقَطَعَ دَمُهَا لِتَمَامِ الْعَشَرَةِ حَلَّ لِزَوْجِهَا قُرْبَانُهَا قَبْلَ الْغُسْلِ ؛ لِأَنَّ زَمَنَ الْغُسْلِ حِينَئِذٍ مِنْ الطُّهْرِ فَصَارَ وَاطِئًا فِي الطُّهْرِ Agar to‘liq o‘n kun bo‘lganda hayz qoni to‘xtasa, g‘usl qilmasdan avval eri bilan yaqinlik qilish halol bo‘ladi. Chunki o‘n kun qon ko‘rib pok bo‘lganda g‘usl qilish vaqti poklikdan hisoblanadi. Er poklikda yaqinlik qilgan bo‘ladi. (Roddul Muhtor)
SAVOL: hayz holatida yaqinlik qilsa bo‘laveradi, deguvchining hukmi nima?
JAVOB: hayz, nifos holatda yaqinlik qilish haromdir. Uni joiz, halol deb bilishlik kufr sanaladi. Lekin haromligini bila turib, yaqinlik qilishga rozi bo‘lsa, qattiq gunohga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. وَطْؤُهَا يَكْفُرُ مُسْتَحِلُّهُ ... وَكَذَا مُسْتَحِلُّ وَطْءِ الدُّبُرِ عِنْدَ الْجُمْهُورِ Hoiza ayolga yaqinlik qilishni halol, deb biluvchi kishi kofir bo‘ladi... shuningdek, jumhur ulamolarning nazdida ayolning orqasiga yaqinlik qilishni halol, deb biluvchi ham kofir bo‘ladi. (Roddul Muhtor)
SAVOL: bir ayol quyosh chiqqandan keyin pok bo‘lib, neshin vaqti kirguncha vaqt o‘tsa, g‘usl qilmasdan avval eri bilan yaqinlik qilsa joiz bo‘ladimi?
JAVOB: peshin vaqti kirguncha ham, peshin vaqtidan to asr vaqti kirguncha ham halol bo‘lmaydi. asr vaqti kirgach halol bo‘ladi. Agar g‘usl qilmasdan, asr vaqti kirgunicha yaqinlik qilib qo‘ysa hayz holatda yaqinlik qilgan bo‘ladi. وَإِذَا انْقَطَعَ دَمُ الْحَيْضِ لِأَقَلَّ مِنْ عَشَرَةِ أَيَّامٍ لَمْ يَجُزْ وَطْؤُهَا حَتَّى تَغْتَسِلَ أَوْ يَمْضِيَ عَلَيْهَا آخِرُ وَقْتِ الصَّلَاةِ الَّذِي يَسَعُ الِاغْتِسَالَ وَالتَّحْرِيمَةَ ؛ لِأَنَّ الصَّلَاةَ إنَّمَا تَجِبُ عَلَيْهَا إذَا وَجَدَتْ مِنْ آخِرِ الْوَقْتِ هَذَا الْقَدْرَ Agar o‘n kundan ozida hayz qoni to‘xtasa, g‘usl qilmagunicha yoki bir namozning oxirgi vaqtidan g‘usl, tahrima sig‘adigan vaqt o‘tmagunicha eriga yaqinlik qilish halol bo‘lmaydi. namoz vaqtining oxirida g‘usl, tahrima sig‘adigan vaqt bo‘lishi belgilandi, chunki namoz vaqtining oxiridan shu miqdor topilsagina namoz zimmasiga vojib bo‘ladi. Agar namoz vaqtining oxiridan g‘usl,kiyinish va takbir aytish miqdoricha vaqtdan ozroq vaqt qolganda hayzdan pok bo‘lsa, o‘sha vaqtning namozi zimmasiga vojib bo‘lmaydi. (Fatavoi Hindiya)
SAVOL: bir ayolning odati olti kun bo‘lib, besh kun bo‘lganda to‘xtasa, g‘usl qilib, namoz o‘qish vojib bo‘lib, eriga yaqinlik qilsa bo‘ladimi?
JAVOB: odat qonidan avvalroq qon to‘xtasa, g‘usl qilib namozini o‘qish, ro‘zasini tutish vojib bo‘ladi. Lekin odati to‘liq bo‘lmagunicha yaqinlik halol bo‘lmaydi. chunki qon kelib qolishi mumkin. لَوْ انْقَطَعَ دَمُهَا دُونَ عَادَتِهَا يُكْرَهُ قُرْبَانُهَا وَإِنْ اغْتَسَلَتْ حَتَّى تَمْضِيَ عَادَتُهَا وَعَلَيْهَا أَنْ تُصَلِّيَ وَتَصُومَ لِلِاحْتِيَاطِ Agar qon odatidan avvalroq to‘xtab qolsa, g‘usl qilgan bo‘lsa ham to odati to‘liq bo‘lgunicha yaqinlik qilish tahrimiy makruh sanaladi. Ehtiyotan namozini o‘qishi, ro‘zasini tutishi vojib sanaladi. (Fatavoi Hindiya)
SAVOL: ikki kun qon kelib to‘xtab qolsa, yaqinlik qilsa bo‘ladimi?
JAVOB: bir yo ikki kun qon kelib to‘xtab qolsa g‘usl qilish vojib emas. tahorat qilib namozini o‘qiyveradi. Lekin o‘n besh kungacha yaqinlik qilish joiz emas. agar o‘n besh kundan avval qon kelsa, o‘sha bir yo ikki kun avvalgi odatlari necha kun bo‘lsa o‘sha kungacha hayz vaqti hisoblanadi. G‘usl qilib, o‘n besh kunning ichida odatidan tashqari kunlardagi namozining qazosini o‘qiydi. Agar o‘n besh kungacha qon kelmasa, avvalgi biryo ikki kundagi qonlar istihoza bo‘lib, g‘usl qilmasdan o‘qigan namozlari joiz bo‘ladi. (Fatavoi Ashraf Ali Tahonaviy). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 388 | Ayollarga oid masalalar