Ushrning aniq miqdori

Assalomu alaykum! 2131-savolda shayh hazratlari ishlov berilmaydigan joydan 10dan 1, ishlov beriladigan joydan 20 dan 1 ushr beriladi degan ekanlar. Biz ekin ekadigan tomorqa kanaldagi suvdan sug‘oriladi. Bundan tashqari erga mahalliy o‘g‘itlar (molning go‘ngi va chirindilar) va mineral og‘itlar(azot, karbamit fosfor) solamiz. Ko‘proq piyoz ekamiz. Piyozga ham har xil kasallik, shira va qurtlar uchun maxsus dorilar sepamiz. Shu holatda ushrni qancha miqdorda berishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Suvni ulamolar asosan o‘lchov qilishgan. Suvga pul sarflansa, 20/1 beriladi. Vallohu a’lam!

4 Июн 2022, 15:03 | Савол-жавоблар | 186 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar