Ota onani oq qilishi!
Assalomu alaykum! Yoshim 47da. Oilada yolg‘iz o‘g‘ilman. Ikkita turmushim bo‘zulgan. Birinchi turmushimdan 22 yoshli o‘g‘lim va 18 yoshli qizim bor. Ular xam men bilan yashab kelishmoqda. O‘z onasidan vos kechishgan ayrim sabablarga ko‘ra. Ikkinchi turmushimda 19 kun yashaganman. Kelinni kasalligini bilmaganman(ShEZOFRENIYa). Oilani boquvchisiman. Davlat ishida yaxshi lavozimda ishlab kelaman. Uchinchi turmushimdan 6 yosh qizim bor. Ammo uchinchi turmushimdagi ayolim oilamga kirisholmadi: onamni xurmat qilmaydi, bollarimni ajratadi (o‘g‘lim bilan 3 yildan buyon gaplashmaydi), uydan pul tashiydigan odatlari xam yo‘q emas. O‘zim besh maxal ibodatdaman. Farzandalarimga xam nomozni o‘rgatganman. Katta qizim xijobga kirgan. Alxamdullilax. Yashab turgan ayolim bilan chiqisholmi o‘tgan yili kuzda yana bitta ayolni nikoximga oldim. U ayolni otasi o‘zbek onasi tatar. U xam xijobga o‘rangan. Besh maxal ibodatda. Uyimdagi ayol mendan beruxsat ketib qoldi onasini uyiga. Bu ketishi birinchisi emas. Oxirgisi. Chunki oxirgi 4-5 yil ichida otamning ko‘ngliga qarab yashab kelganman. (Otam kichkina qizimga bog‘lanib qolgan) Onam uy ro‘zg‘orida qiynalib kolganlari uchun ikkinchi ayolim borligini aytdim. (Shu paytgacha yashirib kelganman. Faqat o‘g‘lim bilar edi) Onam u ayolni yga olib kel dedilar. Yordam bersin ro‘zg‘orimga deb. Men olib kelgan kunim onam ayolimni urushib qarg‘ab uydan xadadilar. Tezda ishdan kelib uyimizdan olib ketdim. Men ikkinchi ayolimga 2 xonali uy olib berdim. Uyni o‘g‘limni nomiga rasmiylashtirdim. Chunki bu ayolimga uyim, boyligim, manfaatim kerak emas. U meni deb Namangandan kelgan. Menga itoat qilib meni iznimda yuradi. Onam shu ayolinga talog‘ini berib ota onangdan tiz cho‘kib so‘rayysan deb shart qo‘yishgan! Beradigan savollarim shundan iborat? 1-savol) Ota onam bu xolatda meni oq qilishsa oq qilgani menga o‘tadimi? (Shu paytgacha ota onamni rozi qilib kelganman: aytgan narsalarini olib berganman, mexr berganman, mashina olib berganman, dam olish maskanlariga olib borganman, davolatganman) Ya’ni bir umir ota onamni iznidan chiqmasdan xizmatlarini qilib kelganman. Xozir esa ular yoki bizni yoki o‘sha ayolini tanlaysan deb shart qo‘yishgan! 2-savol) Ota onamning ko‘ngliga qarab beayib ayolimga taloq berishim durustmi? Bu xolatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘tmaydi, ayolini nohaq taloq qilishga buyurishsa, itoat qilinmaydi. Boshqa ishlarda ularga yaxshi muomala va chiroylik odob bilan murosa qilaveradi.2). Durust emas. Vallohu a’lam!
4 Июн 2022, 14:13 | Савол-жавоблар | 175 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘tmaydi, ayolini nohaq taloq qilishga buyurishsa, itoat qilinmaydi. Boshqa ishlarda ularga yaxshi muomala va chiroylik odob bilan murosa qilaveradi.2). Durust emas. Vallohu a’lam!
4 Июн 2022, 14:13 | Савол-жавоблар | 175 | Oila va turmush