Dahriylar kanalidagi savol

Assalomu alaykum! Telegramda bir kanal ochilibdi. Dahriylar kanali ekan. Telegramda tanishlarim shu guruhga spam beraylik deb tarqatib yurishgan ekan. O‘zi ilmim kam bo‘lgani uchun shunaqa iymonga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan xabardan qochib yuraman Lk bir gapiga ko‘zim tushib qoldi. Shunga silardan yordam so‘ramoqchi edim. Bu savolda "Qur’onda muz va qor haqida ma’lumot kelmagan, chunki Muhammad (s.a.v) qorni yoki muzni ko‘rmagan degan" endi shayton ilmsizligim tufayli shu savol bilan tinchlik bermayapti. Yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karim tabiatdagi barcha o‘simliklar, hayvonlar, makonlar va boshqa unsurlarning nomlarini jamlash uchun nozil qilingan kitob emas. Ushbu kitobda biror tabiiy hodisaning lafzi vorid bo‘lmaganligi unga zarracha ta’na etkazmaydi. Bu kabi da’volar mantiqsiz safsatadan boshqa narsa emas. Imom Muslim rivoyat qilgan sahih hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qor lafzi rivoyat qilingan:  عن عوف بن مالك الأشجعي قال: سمعت النبي صلى الله عليه وسلم وصلى على جنازة يقول: اللهم اغفر له وارحمه واعف عنه وعافه وأكرم نزله ووسع مدخله واغسله بماء وثلج وبرد ونقه من الخطايا كما ينقى الثوب الأبيض من الدنس، وأبدله دارا خيرا من داره وأهلا خيرا من أهله وزوجا خيرا من زوجه، وقه فتنة القبر وعذاب النار. قال عوف فتمنيت أن لو كنت أنا الميت لدعاء رسول الله صلى الله عليه وسلم على ذلك الميت. رواه مسلمAvf ibn Molik al-Ashja’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning janozada bunday deyayotganlarini eshitdim: «Ey bor Xudoyo, uni mag‘firat qilgin va rahm qilgin, ofiyatda qilgin, afv qilgin, tushar joyini hurmatli qilgin, kirar joyini keng qilgin. Uni suv, qor va do‘l bilan yuvgin. Oq kiyim kirdan tozalanganidek, uning xatolarini poklagin. Uning hovlisi o‘rniga yaxshiroq hovli bergin, ahli o‘rniga yaxshiroq ahl bergin, jufti o‘rniga yaxshiroq juft bergin. Uni qabr fitnasidan va do‘zax azobidan asragin».
Avf aytdi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha mayyitga qilgan duolari tufayli u (mayyit) men bo‘lib qolishni orzu qildim”. Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

4 Июн 2022, 18:03 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar