Uy menikimi

Assalomu alaykum! Alhamdulillah ota-onam hayot va shu hayotlik chog‘larida menga yashab turgan uyimizni hadiya qilip qonunan nomimga o‘tkazib berishti (chunki ko‘p ishlar meni bo‘ynimda). Mening aka va ukam bor (voyaga etkan) ularga yana bir kattaroq uyimizni bo‘lip berishmoqchi. Mening nomimga qonunan o‘tkazib berishkan uy shariy jixattan ham menikimi? Ertaga meros payti haq huquqlar chalkashib ketmasligi uchun so‘rayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hujjatda mulk bir kishining nomida, shar’an esa boshqaga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Ota-onangiz uyni tashqarisida “senga o‘sha uyni hadya qildik”, deyishsin va bunga ikki kishini guvoh qilib qo‘ying. Vallohu a’lam!

4 Июн 2022, 20:03 | Савол-жавоблар | 198 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar