Kalbasa tsex

Assalomu alaykum! Rassiyada Musofir bo‘lib ishliman ukam ikkalamiz ukam ko‘p vaqtdan beri ishlaydi va bu erda boshqa namozxon birodarlar ham kalbasa tsehda ishlaymiz meni qiladigan ishim bir dona kalbasaga ketadigan mahsulotlarni yig‘ib kampyuterga kiritib tarozidan o‘tkazish deylik bir xil turdagi kalbasa mahsulotiga uni ichiga nima go‘sht ketsa shularni yig‘aman, bo‘ldi, lekin u erda cho‘chqa va mol go‘shti ham bor, lekin biz cho‘chqa go‘shti emaymiz, so‘ramoqchi bo‘lganim cho‘chqa go‘shti bor joyda ishlash qanchalik to‘g‘ri dinimizga zid emasmi, qisqacha aytadigan bo‘lsam mehnatimizga shu erdan pul topyabmiz topilgan pullar harom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom go‘shtni savdosiga yordamlashish ham harom. Vallohu a’lam!

4 Июн 2022, 21:53 | Савол-жавоблар | 271 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar