Havola orqali odam chaqirganim uchun haq

Assalomu alaykum! Man dasturchiman ishdan tashqari frilanserlik qilaman. Har xil veb saytlar yarataman yoki shu saytlarni kamchikigi bo‘lsa tuzataman. Shu frilanser birjada referal’nыe ssыlki tizimi mavjud. Shu tizim orqali hamkasbimni frilanserlik birjaga chaqirdim. U har bitta olgan buyurtmasidan manga oz miqdorda haq to‘lanadi. Savolim shundaki shu pul halolmi? Agar halol bo‘lmasa tushgan pulni nima qili?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dallollik uchun haq olish joiz. Lekin bu haq aniq miqdorda bo‘lishi va bir marotaba to‘lanishi kerak. Doimiy foizga o‘tirib olishga haqli emassiz. Vallohu a’lam!

7 Июн 2022, 14:07 | Савол-жавоблар | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar