Muddatli to‘lov bo‘yicha

Assalomu alaykum! Men bir muddat avvalroq muddatli to‘lov evaziga noutbuk sotib olganman. Uzib-uzib to‘lash hisobiga sotuvchi tannarxidan yuqoriroq narx belgilab bergan va shu belgilangan narxni to‘lab sotib olganman. Yana ozroq vaqt o‘tgandan keyin esa, bir tanishim o‘zining elektron hisobidan foydalangan holatda menga Zoodmall ilovasidan bo‘lib to‘lash evaziga telefon sotib olib bergan. Men belgilangan vaqt 6 oy bo‘lmasdan 3 oyda tanishimga pulni o‘tqazib turdim va to‘lov to‘liq uzildi. Lekin to‘lovni vaqtida to‘lay olmaganimda penya to‘lashim kerakligi haqida ogohlantirish bor edi. Qilayotgan ishlarim noto‘gri ekanlgini qanchadir darajada o‘zim ham bilganman, lekin zarurat yuzasidan shu ishni qilganman. Hozir kredit, penya, foizli to‘lovlardan umuman foydalanmayman va buni yaxshi tushunaman. Savolim shundan iboratki, sotib olgan noutbuk va telfonimni ishlatib yurishim joizmi? Agar joiz bo‘lmasa ularni sotib pulini o‘zimga ishlatishim joizmi? yoki umuman o‘zi ham puli ham menga harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘lov kechikkanida penya to‘lash sharti bilan savdo qilgan bo‘lsangiz bu shartnomangiz fosid bo‘lgan. Fosid shartnomani buzishingiz, ya’ni xaridor tovarni, sotuvchi esa pulni qaytarib berishi vojib. Agar bu imkonsiz bo‘lsa, undan foydalanishingiz joiz. Fosid bayga qo‘l urgani uchun ikki tomon ham gunohkor bo‘lib, istig‘for va tavba shart. Vallohu a’lam!

9 Июн 2022, 17:23 | Савол-жавоблар | 209 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar