Imom takbiri tahrimani ovozsiz aytsa

Assalomu alaykum! Agar imom takbiri tahrimani ovozsiz aytsa ya’ni jamoatga eshitilmasa va nomazga quloq qoqsa sajdai savh qilishni kerak bo‘ladimi va shunday bo‘lsayu ammo sajdai savh ham qilmasa iqtido qilguvchi nima qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom takbiri tahrimani hojat miqdoricha jahriy aytishi sunnatdir. Takbirlarni maxfiy qilib, faqat o‘zi eshitadigan tarzda aytsa tarki sunnat bo‘ladi. Ammo sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

9 Июн 2022, 17:43 | Савол-жавоблар | 188 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar