Muddatli to‘lov haqida

Assalomu alaykum! Hozirgi bazi bir online do‘konlarda muddatli to‘lov evaziga mahsulotni sotishyapti. Bilamizki agar sotuvchi va haridor o‘rtasidagi shartnomada "pul to‘lash muddati o‘tib ketsa penya yozadi" degan sharti bo‘lsa, bunday savdo joiz bo‘lmaydi. Endi hozirda ular "muddatdan 6 kun o‘tsa keyin yozadi" yoki "agar muddatidan o‘tib ketsa penya yozmayli lekin sud orqali pulni undirib olinadi" deb savdoga shart qo‘yishyapti. Ushbu bitim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "muddatdan 6 kun o‘tsa keyin (penya) yozadi" - ushbu shart shartnoma nodurust hisoblanadi. “agar muddatidan o‘tib ketsa penya yozmaydi lekin sud orqali pulni undirib olinadi” – deyilsa to‘g‘ri, chunki haqni undirish uchun boshqa shaxsni yollash joiz. Vallohu a’lam!

15 Июн 2022, 14:40 | Савол-жавоблар | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar