2-turmush
Assalomu alaykum! Meni 1ta qiz farzandim bor ota-onam uyida yashiyman. Ajrashganman, xozirda sovchilar kelyabdi og‘iz solib. Men 1marta tilim kuygani uchunmi juda qo‘rqyabman. Shu sabab men farzandim tarbiyasiga o‘zimni band qilib turmush qurmasdan o‘tsam bo‘ladimi? Dinimizda bu xolatga qanday javob bor? Qizim uchun turmush qurush xoxlamayabman, o‘gay dada bilan o‘smasin deb ko‘nglim bo‘lmayabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga munosib odam kelsa nikohlaning. عَنْ أَبِي حَاتِمٍ الْمُزَنِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا جَاءَكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَأَنْكِحُوهُ، إِلَّا تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الْأَرْضِ وَفَسَادٌ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَإِنْ كَانَ فِيهِ؟ قَالَ: إِذَا جَاءَكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَأَنْكِحُوهُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَحَسَّنَهُ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُAbu Hotim al-Muzaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon sizga o‘zingiz dinidan va xulqidan rozi bo‘lgan kishi kelsa, unga (so‘raganini) nikohlab bering. Agar shunday qilmasangiz, er yuzida fitna va fasod bo‘lur», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, agar unda (faqirlik va hokazo) bo‘lsa ham-a?» deyishdi.
U zot «Qachon sizga o‘zingiz dinidan va xulqidan rozi bo‘lgan kishi kelsa, unga (so‘raganini) nikohlab bering», deb uch marta aytdilar».
Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Bu hadisi sharifdan dini va xulqi yaxshi bo‘lgan yigit eng munosib kuyov bo‘lishi qattiq ta’kidlanganligi kelib chiqmoqda. dini va xulqi rozi bo‘ladigan darajadagi kishi tomonidan bir odamning qizi kelinlikka so‘rab kelinsa-yu, berilmasa, er yuzida fitna va fasod ish qilingan bo‘lishi uqdirilmoqda.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu gapni eshitib, «Agar u odam kambag‘al yoki rag‘bat qilinmaydigan boshqa sifatlarga ega bo‘lsa ham-a?» degan ma’nodagi savolni berganlarida u zot oldingi gaplarini uch marta qayta takrorlashlari kishidagi dindorlik va xulqi yaxshilik naqadar ulug‘ sifat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Biz, mo‘min-musulmonlar kuyov tanlash paytida ushbu nabaviy maslahatlarga amal qilsak, albatta, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lamiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
15 Июн 2022, 16:30 | Савол-жавоблар | 166 | Oila va turmush