Boshliqning buyrug‘i

Assalomu alaykum! Men muz saroyida kassir bo‘lib ishlayman bizni kassa sistemamiz kompyuter orqali bizda kelgan klient 30 min va 1 soatli tarif yani muzda uchishga pul to‘lab kiradi. Biz klientga chek beramiz chek orqali muzga tushadi, biz chekni kampyuterda maxsus programmaga urib chek beramiz. Meni boshlig‘im yani bosh kassir klentlardan pul olib kompyuterga bazilarini urmay chek yozib bering dedi. Men shunday qilyapman, meni ishim to‘g‘rimi? Lekin bundan direktorni xabari bor dedi. Bu ishni qilyapman meni oyligim xarom bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishga sababchi bo‘lgan kishilarning hammasi javobgar bo‘ladi, jumladan siz ham. Bunday yolg‘on va firib qiladigan joyni isloh qilish agar bo‘lmasa ishlamaslik kerak. Vallohu a’lam!

16 Июн 2022, 20:17 | Савол-жавоблар | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar