Mexmon xaqidagi hadis sahihmi
Assalomu alaykum! Bir ayol Rasulullohning huzurlariga eridan shikoyat qilib keldi. Eri doimo uyiga mehmon chaqirib ziyofat berar, bu esa, ayolga ortiqcha tashvish, mashaqqat va charchoq keltirar edi. Ayol Rosulullohning huzurlaridan o‘ziga ma’qul bo‘lgan jo‘yali javobni ololmadi. Bir fursat o‘tgach, Rasululloh ayolning erini chaqirdilar va: bugun men sening uyingga mehmonga boraman, dedilar. Er o‘zida yo‘q xursand bo‘lib uyiga qaytdi va bu haqda ayoliga xabar berdi. O‘z navbatida ayoli ham bu xabardan juda xursand bo‘ldi va turli-tuman lazzatli taomlar tayyorlashga urinib ketdi. Chunki, uning uyiga Rasululloh mehmon bo‘lib kelayotgan edilar. Rasululloh mehmonga kelib, ayolning rozi ekanligini, Rasulullohni mehmon qilganidan xursand ekanligini ko‘rdilar. Rasululloh mehmondorchilikdan qaytib ketayotganlarida erini chaqirib: men eshikdan chiqib ketayotgan vaqtimda ayoling eshikka qarab tursin, dedilar. Ayol Rasulullohning ortlaridan eshik tomonga qarab turgan edi, Rasulullohning orqalaridan har xil xasharotlar, chayonlar, zararkunanda jonvorlar ham ergashib chiqib borardi. Bunday qo‘rqinchli holatni ko‘rgan ayolning qo‘rquvdan esi og‘ib qolay dedi. Shunda Rasululloh ayolga qarab: xuddi shunday, har gal uyingizdan mehmonlar chiqib ketayotganda o‘zi bilan uyingizdagi balo-ofatlarni, zararkunanda hasharot va jonivorlarni olib chiqib ketadi, dedilar. Mehmonni izzat-ikrom qilishning hikmatlaridan biri shu. Ko‘p mehmon keladigan uy Alloh yaxshi ko‘radigan uydir. Kattayu kichikka egiklari ochiq bo‘lgan uyga Allohning rahmati va barakoti nozil bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Agar Alloh taolo biror qavmga yaxshilikni iroda qilsa unga hadiya beradi, dedilar. Sahobalar: u qanday hadiya?-deb so‘radilar. Rasululloh: u - o‘z rizqi bilan keladigan va ketayotganda o‘zi bilan xonadon ahlining gunohlarini olib chiqib ketadigan mehmondir, dedilar. Shuning uchun ham mehmon atoi Xudo deyiladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, mehmonni ikrom qilsin. Saxix xadismi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis mavjud emas. Vallohu a’lam!
16 Июн 2022, 21:37 | Савол-жавоблар | 202 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis mavjud emas. Vallohu a’lam!
16 Июн 2022, 21:37 | Савол-жавоблар | 202 | Islam