Shiyalar Qur’onda kelganmish

Assalomu alaykum! Bir shiya masxabidagi tanishim shiya Quronda zikr qilingan 37-sura, 83-oyatda dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shia tanishingiz Qur’onni umuman bilmas ekan. Siz "Tafsiri Hilol" kitobini o‘qing. Shialar haqida quyidagi maqoladan bilib oling:
"Shia" so‘zi lug‘atda, "tarafkash" ma’nosini anglatadi. Islom olamida esa, hazrati Aliga tarafkashlik oqibatida ko‘pchilik musulmonlardan ajralib, alohida yo‘l tutgan toifaga aytiladi. Aslida, shiy’a mazhabining kelib chiqishiga siyosiy ixtiloflar sabab bo‘lgan. Uchinchi xalifa hazrati Usmon roziyallohu anhuning vafotlaridan so‘ng kelib chiqqan qarama-qarshiliklarning bir tarafida hazrati Ali ibn Abi Tolib karamullohu vajhahu bo‘ldilar. U kishiga tarafdor bo‘lganlar keyinchalik shiy’a mazhabini keltirib chiqardilar. Hazrati Alining o‘zlari bu gaplardan bexabar o‘tganlar. Xulosa shuki, shiy’achilik avvaldan o‘ylab, rejalashtirib tuzilgan harakat yoki mazhab emas, balki, siyosiy tarafkashlik oqibatida muxolif tarafga zid o‘laroq asta-sekin shakllangan bir mazhabdir.Tarixchilardan ba’zilari bu mazhabning boshlanish davri sahobalar o‘rtasida sodir bo‘lgan mashhur "Siffiyin" urushiga to‘g‘ri keladi, deydilar. Keyinchalik shiy’alar ko‘plab firqalarga bo‘linib ketganlar.Hozirgi kuda ahli sunna val jamoa mazhabiga muqobil sanaladigan, eng asosiy shiy’a mazhabi, "imomiya" yoki "isno ashariya" deb nomlanadi. Ya’ni, ular o‘n ikki imomga e’tiqod qiladilar, shuning uchun mazkur nomni olganlar. Imomiya mazhabidagi shiy’alar e’tiqod qiladigan imomlar quydagilar:
1. Ali ibn Abi Tolib, roziyallohu anhu.
2. Hasan ibn Ali, roziyallohu anhumo.
3. Husayn ibn Ali, roziyallohu anhumo.
4. Ali Zaynul Obidiyn ibn Husayn.
5. Muhammad al-Boqir ibn Ali Zaynul Obidiyn.
6. Ja’far as-Sodiq ibn Muhammad al-Boqir.
7. Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq.
8. Ali Rizo ibn Muso al-Kozim.
9. Muhammad al-Javod ibn Ali Rizo.
10. Ali al-Hodiy ibn Muhammad al-Javod.
11. Hasan al-Askariy ibn Ali al-Hoidiy.
12. Muhammad al-Mahdiy ibn Hasan al-Askariy.Shiy’alarning o‘n ikkinchi imomi, Muhammad al-Mahdiy to‘rt yoki sakkiz yoshida Sorraman ra’o degan joyda otasining hovlisida bir g‘orga o‘xshash joyga kirib ketganu bir kuni qaytib chiqadi, deb e’tiqod qiladilar.Shuningdek uraning aqiydasi bo‘yicha, imomlik, ya’ni yagona diniy rahbar bo‘lib, u avvalgi imomning vasiyati ila keyingi imomga o‘tadi. Misol uchun, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridan keyin imomlikni hazrati Aliga vasiyat qilganlar, o‘z navbatida, hazrati Ali, imom Hasan va Husayinga va hakozo. Shiy’alarning e’tiqodi bo‘yicha, imom gunohlardan pok, to‘liq ilm sohibi bo‘ladi. Payg‘ambardan farqi, vahiy tushmasligida, xolos. Imomlar mo‘’jiza sohibi ham bo‘ladilar.Ular har kuni shom namozidan keyin, imom Mahdiy kirib ketgan, deb e’tiqod qilinadigan g‘or og‘ziga bir ulovni olib borib, to yulduzlar ko‘ringuncha, imomning ismini aytib chaqiradilar, so‘ngra ertaga qaytib kelamiz, deb tarqalishadi. Ular, imom chiqsa, er yuzini adolatga to‘ldiradi, shiy’alarning dushmanlaridan o‘ch oladi, deb e’tiqod qiladilar.Imomiya shiy’alarining eng mashhur aqiydalaridan biri "taqiyaya" dir. Ya’ni, bu - inson o‘zini saqlash uchun ba’zi hiyla va aldovlarni ishlatishi mumkin, degan gap. Imomiya mazhabidagilar huzurida "taqiyaya" dinning aslidan hisoblanadi, kim unga amal qilmasa, namoz o‘qimagan bilan barobar bo‘ladi. Kim uni tark qilsa, dindan chiqadi. Bu gaplariga o‘zlarining beshinchi imomlari Ja’far as-Sodiqning: "Taqiyaya mening va otalarimning dini, kimning taqiyayasi bo‘lmasa, iymoni ham yo‘qdir", degan gapini dalil qilib keltiradilar.Imomiya shiy’alarini mashhur qilgan sabablardan biri "mut’a" nikohidir. Ya’ni, mazza qilish uchun uylanish. Bir ayol bilan kelishib, haqqini berib, ma’lum muddat, kun yoki soatga nikoh qilib olish. Ular mut’a nikohini eng yaxshi ibodat, qurbat hosil qilishning afzal yo‘li, deb e’tiqod qiladilar.Shiy’alar ko‘pchilik sahobalrni, ayniqsa, uch xalifa: Abu Bakr Siddiq, Umari Odil va Usmon Zunnuraynilarni la’natlashadi. Uch xalifa zulm bilan Alidan xalifalikni tortib olishgan, deb ayblashadi. Ular, shuningdek, Oysha onamizni ham so‘kadilar. Shundan kelib chiqib, ular hazrati Alidan boshqa sahobalar rivoyat qilgan hadislarni qabul qilmaydilar.Ba’zi mubolag‘aga ketgan shiy’a toifalari farishta Jabroil alayhissalomni ham so‘kadilar. Ular u zotni vahiyni adashib Aliga emas, Muhammadga olib tushgan, deb ayblaydilar.Shiy’alarning o‘zlariga xos bayramlari bor. Ulardan biri "G‘adiyr hayiti". U zulhijja oyining 18-kuni nishonlanadi va katta hayit, deb nomlanadi. Ularninng e’tiqodi bo‘yicha bu hayit, qurbon va ramazon bayramlaridan ham ulug‘ hisoblanadi. Shiy’alarning aytishlaricha, xuddi shu kuni payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hazrati Aliga xalifalikni vasiat qilgan emishlar.Shuningdek, ular navro‘zni bayram qiladilar. Bu forslarning qadimiy bayramidir.Muharram oyining birinchi o‘n kuni shiy’alar uchun motam kunlari hisoblanadi. Ular Imom Hasan, Imom Husayn va boshqalarga motam tutadilar. E’tiqodlari bo‘yicha, o‘sha kunlari kim o‘zini ko‘proq qiynasa, shuncha ko‘p savob oladi.Imomiya shiy’alarining ahli sunna val jamoa mazhabiga nisbatan eng katta aqidaviy xiloflaridan biri, u dunyoda mo‘minlar Allohning jamolini ko‘rmaydilar, deb e’tiqod qilishlaridir.Ba’zi misollar keltiradigan bo‘lsak, shiy’alar tahorat qilganlarida, oyoqlarini yuvmaydilar. Balki, oyoqlarga mash tortadilar. Shuningdek, peshin va asr homda shom va xufton namozlarini qo‘shib o‘qiydilar. Imom yo‘qolganligi sababli, imomlikka munosib shaxs yo‘qligidan jamoat namozini o‘qimaydilar va hokazo.Imomiya shiy’alarining asosiy markazi Erondir. Tarixchilar buning asl sababi, Imom Husaynni roziyallohu anhu Erondan uylanishlari bo‘lgan, deydilar. Shu qarobat tufayli, siyosiy janjallarda eronliklar Imom Husayn tarafini oladilar va u kishini kelib, o‘zlariga rahbarlik qilishga chorlashadi. Imom Husayn shu chaqiriqqa binoan kelayotib, Karbaloda shahid bo‘ladilar. Shuningdek, imomiya shiy’alari Iroq, Quvayt, Pokiston va Livanda sezilarli darajada tarqalganlar. Sobiq Sovet Ittifoqini nazarda tutadigan bo‘lsak, Ozarboyjon aholisining ko‘pchiligi shiy’adir. Shuningdek, Shimoliy Qafqozning Ozarboyjon chegarasiga yaqin joylarida yashaydigan aholi ham shiy’alardir. Bizning Turkistonda Samarqand va Buxoroda ota-bobolari qadimda Erondan kelib qolgan shiy’a mazhabiga mansub kishilar yashaydilar. Ularning mahalliy aholisi asli Erondan bo‘lganligi uchun eroniylar ham deb, ataydilar. Hozirgi kunda o‘zlarining masjidlari bor, ba’zi kitoblarini ham chop etdilar. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni Muhammad Yusuf (ismini chiroyliligini qarang) Allohni o‘rtaga qo‘yib keltirganmikin? Ya’ni Allohdan aslo qo‘rqmasdan ro‘yu -rost aytganmikin. Nima bo‘lganda ham har bir gapni tarozida tortib haqiqatligini bilib keyin yozish kerak, aks holda Qiyomatda men va mening diniy birodarlarimi undan shunday intiqom olamizki, dunyoga kelganligiga pushaymon bo‘ladi. Hali vaqt bor, hamma shialardan uzr so‘rab xatosini bo‘yniga olish uchun. Vallohu a’lam!

19 Июн 2022, 17:52 | Савол-жавоблар | 180 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar