Janoza o‘qishni kimgadir vasiyat qilish
Assalomu alaykum! Bir qishloqdagi do‘stimiz bilibmi-bilmay oilasiga doim, men vafot etsam janozamni falon o‘rtog‘im o‘qisin, deb yuradi. Sababi, u do‘stini qishloqdagi imomdan ko‘ra halol, pok va bilimliroq deb biladi. Endi shunday kun kelsayu, shu qishloqning imomi turganda, janozasini aytgan do‘sti o‘qishi durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu borada hanafiy ulamolar: “Eng haqli kishi podshoh yoki uning noibi, ular bo‘lmagan chog‘da qozi, u ham bo‘lmasa, mahalla masjidining imomi”, deganlar. Biroq bizning hozirgi davrimizda avval diniy idora boshlig‘i, so‘ng uning noibi yoki diniy idora yuborgan vakil desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ular bo‘lmasa, mayyit yashagan mavze jome’ masjidining imomi haqli bo‘ladi. So‘ngra nikoh asabalari tartibi bo‘yicha mukallaf erkak valiy imomlikka haqli. Lekin ota hurmat yuzasidan o‘g‘ildan muqaddam qo‘yiladi. Agar o‘g‘il ilmli, ota ilmsiz bo‘lsa, bundan mustasno. [1] So‘ng aka va ukasi kabi valiylari, keyin qarindosh-urug‘lari haqlidirlar.
Valiylar tartibining qisqacha tafsili quyidagicha:
1. ota;
2. o‘g‘il;
3. o‘g‘ilning o‘g‘li, qancha pastlasa ham;
4. bobosi, qancha yuqori bo‘lsa ham;
5. aka-ukasi;
6. ota bir aka-ukasi;
7. aka-ukasining o‘g‘li, xuddi shu tarzda, yaqindan yaqinrog‘i imom bo‘lishga haqli bo‘ladi.
Janoza o‘qishga haqli kishi o‘z haqqini birovga taqdim etishi ham mumkin . Janoza o‘qishga haqli kishi mayyitning “Janozamni falonchi o‘qisin”, deb vasiyat qilgan kishisidan ham haqliroqdir. Ya’ni janoza o‘qishga haqli kishi turganda, uning vasiyati bekor bo‘ladi.
O‘lim sababli nikoh aloqasi uzilgani uchun, er xotiniga valiy bo‘lmaydi. Ammo xotinning valiysi bo‘lmasa, eri janoza namozini o‘qishga haqliroqdir, so‘ngra qo‘shnisi boshqadan ko‘ra yaxshiroqdir.
________________________________________
[1] Ibn Obidin, «Roddul-Muhtor». Dorul-Kutubul-ilmiyya 1994. –J. 3, –B. 121. Vallohu a’lam!
22 Июн 2022, 00:22 | Савол-жавоблар | 149 | Namoz