Jamoatdan oldin namoz o‘qishlik

Biz Toshkentdan qaytayotib bomdod o‘qish uchun yo‘ldagi masjidga kirdik, namoz vaqti kirgan edi, jamoatdan oldin o‘qimaylik deb bir soat kutdik. Imom qiroatda ancha xato o‘qidi, kirilchadan yod olgani bilindi. Biz salomdan keyin o‘zimiz qaytadan alohida o‘qidik. Bizni Toshkentga ko‘p yo‘limiz tushadi, keyingi safar ham namozga shu masjidga kiramiz, sababi shu atrofda boshqa masjid yo‘q, masjidga kirsak namoz vaqti kirgan bo‘lsa, jamoat o‘qimagan bo‘lsa ulardan oldin o‘qib chiqib ketsak bo‘laveradimi yoki jamoat bilan o‘qib, imomning tajvidi xatoligini bilsak ham iqtido qilaveraylikmi? Shu holatda jamoatdan oldin o‘qishlik joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xato o‘qiydigan imomning ortidan undan yaxshi o‘qiydigan shaxs iqtido qilishi durust emas.

26 Май 2022, 20:03 | Савол-жавоблар | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar