Kishiga oyoq kiyimi gapirmaguncha qiyomat qoim bo‘lmas hadisi

Assalomu alaykum! #Hadis_419 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, toki kishiga oyoq kiyimi gapirmaguncha qiyomat qoim bo‘lmas» Termiziy rivoyati Shunday xadis bormi va bor bolsa uni manosi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ وَكِيعٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ الْفَضْلِ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو نَضْرَةَ الْعَبْدِيُّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُكَلِّمَ السِّبَاعُ الْإِنْسَ، وَحَتَّى تُكَلِّمَ الرَّجُلَ عَذَبَةُ صَوْتِهِ وَشِرَاكُ نَعْلِهِ، وَيُخْبِرَهُ فَخِذُهُ بِمَا أَحْدَثَ أَهْلُهُ بَعْدَهُ». وَفِي الْبَابِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ. وَهَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ صَحِيحٌ لَا نَعْرِفُهُ إِلَّا مِنْ حَدِيثِ الْقَاسِمِ بْنِ الْفَضْلِ، وَالْقَاسِمُ بْنُ الْفَضْلِ ثِقَةٌ مَأْمُونٌ عِنْدَ أَهْلِ الْحَدِيثِ، وَثَّقَهُ يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ الْقَطَّانُ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ.Bizga Sufyon ibn Vaki’ hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga otam Qosim ibn Fazldan hadis aytib berdi». U dedi: «Bizga Abu Nazra Abdiy hadis aytib berdi». 
Abu Sa’id al Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: « Jonim  qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, toki yirtqich hayvonlar odamlarga gapirmagunicha, qamchining uchi va shippagning bog‘ichi o‘z egasiga so‘zlamagunicha va uning soni unga ahli o‘zidan keyin nima qilgani haqida xabar bermagunicha  qiyomat qoim bo‘lmaydi!», dedilar».
Bu borada Abu Hurayradan ham  rivoyat bor. 
Bu hadis hasan, g‘arib, sahihdir. Bu hadisni faqat Qosim ibn Fazl orqali bilamiz. Qosim ibn Fazl hadis ahli nazdida siqa ishonchli roviy. Uni Yahyo ibn Qatton va Abdurrahmon ibn Mahdiy siqa degan. Vallohu a’lam!

22 Июн 2022, 04:52 | Савол-жавоблар | 314 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar