Xitoyliklar oshxonasiga chuchka buyurtma berish
Assalomu alaykum! Men bir xitoy tashkilotda tarjimon-taminotchi bulib ishlayman. Korxonada 100 ga yaqin xitoyliklar bor. Ishim korxonaga kerakli xo‘jalik buyumlari, shu jumladan xitoy oshxonasiga gusht va sabzovotlar buyurtma kilishdan iborat. U oshxonadan fakat xitoyliklar ovkatlanishadi. Shu oshxonaga chuchka gushti etkazuvchi anik bir armyan kishi bor, va menin vazifam fakat unga telefon kilib buyurtma berish, buyurtma kelganda chuchka gushtini rasmga olib xitoylarni gruppasiga tashlash va unga uzlari kelishgan narx buyicha xitoy tilida chek yozib kassadan pulini olib berishdan iborat. Boshida bu ishlarni kilib yurdim, xozirda esa xitoylik oshpaz uzi gushtga buyurtma beradi va kelgan gushtni uzi rasmga olib gruppaga tashlaydi. Men esa ofisda utirgan joyimda fakat rasmga karab arman kishiga kassadan pul olishi uchun xitoy tilida chek yozib beraman xalos. Kolgan narsalar xaridida shubxam yuk, xalol ishlashga xarakat kilaman, fakat gusht masalasida shubxam bor. 1) Shu asnoda ishlashda davom etsam topayotgan pulim xalolmi? 2) Yoki chuchkaga alokador xitoy tilida chek yozishdan xam bosh tortib, chuchkaga alokasi bulmagan buyurtmalarni bajarishim joyzmi? Kolgan ishlarim chuchkaga umuman alokasi yuk, karxona xam mol terisi ishlab chikarish bilan shugullanadi, chuchkaga alokasi yuk.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsani savdosiga aralashmang. Vallohu a’lam!
22 Июн 2022, 17:42 | Савол-жавоблар | 181 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsani savdosiga aralashmang. Vallohu a’lam!
22 Июн 2022, 17:42 | Савол-жавоблар | 181 | Halol va harom