Qalbga ozor berish

Assalomu alaykum! Men bir tadbirkorni paypoq sehida ish yurituvchi bo‘lib ishleman ishchilar bilan yaxshi muomilada bo‘lishga harakat qilaman lekn ishchilar mas’uliyat bilan ishlamasdan paypoqlardi sifatsiz qadoqledi shunda ularga aybini aytaman iloji boricha qo‘pollik qilme ish boshqaraman lekn baribir ular xafa bo‘ladi shulardi qalbini og‘ritib qoyme deb gapirmasam paypoqlar sifatsiz chiqadi kyn boshliq menga gapiradi axir men shu ishxonaga qarab yurganim uchun pul olaman bu ishchilardi aybini topib ularga to‘g‘ri sifatli ish qililar db gapirishim zolimlikka kirmedimi Kyn boshliq mendan ishchilardi qaysisi yaxshi ish qilyapti qaysisi eplalmayapti shulardi ham so‘redi kyn men yaxshi ishlaganini yaxsh diyman yaxsh ishlalmaganini paypoqlardi qesi biri brag qilib yuborganini aytaman bu birovdi aybini ochishga kirmedimi Bundan tashqari paypoq ham olib sotamiz savdoda ham men turaman kyn narxdi hammaga xar xil aytib sotish mumkinmi bizi doimiy klentlarimiz bor ularga foydani kamroq qo‘yib sotamiz har harda keladigan va kamroq oladigan klentlarga foydani ko‘proq qoyamiz masalan 2000 li paypoqdi 2100 so‘m db sotamiz shu ishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishchilar o‘z vazifalarini belgilangan vaqtda to‘liq va puxta bajarishlari shart. Agar ular tarafidan bo‘lgan beparvolik yoki haddan oshish tufayli mahsulotga zarar etsa uni qoplab berishlari shart. Sizning vazifangiz esa ularning ustidan nazorat qilish. Bu ishingiz birovning ko‘nglini og‘ritish hisoblanmaydi va gunoh emas. Narxni belgilash ixtiyoriydir. Bir xaridorga bir narx, boshqasiga boshqa narx aytish joiz. Vallohu a’lam!

28 Июн 2022, 20:17 | Савол-жавоблар | 274 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar