Uyqudagi ehtilom haqida

Assalomu alaykum! Inson uyg‘ongandan keyin namlikni ko‘rsayu o‘shani maziy ekanligiga ishonsa va ehtilom bo‘lmaganiga aniq ishonsa g‘usl vojib bo‘lmaydimi? Menda shamollash kassaligim bor. Birinchi kun uyg‘onganimda namlik yo‘q ikkinchi kun uyg‘onganimda namlik bor bo‘ladi. Deyarli ketma ket shunday bo‘ladi ikki kunda bir namlik keladi. Ikki kunda bir g‘usl qilganim uchun shamollashim kuchayyapti. Tahorat olganimdan keyin shammollaganim tufayli namlik keladi. Bu holatda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asl qoidada uyqudan turgan kishi namlikni ko‘rsa, u ehtilom deyiladi. Biron haqiqiy do‘xtirga uchrab sababini aniqlatib oling. ولا يجب الغسل اتفاقا فيما إذا تيقن أنه ودي تذكر الاحتلام أو لا أو شك أنه مذي أو ودي ولم يتذكر الاحتلام أو تيقن أنه مذي ولم يتذكر الاحتلام ، ويجب الغسل عندهما لا عند أبي يوسف فيما إذا شك أنه مني أو مذي أو مني أو ودي ولم يتذكر الاحتلام فيهما Ushbu holatlarda bil-ittifoq g‘usl vojib emas:
- tush ko‘rganini eslay olsa ham, eslay olmasa ham, agar (chiqqan narsa) vadiy ekanini aniq bilsa;
- (chiqqan narsa) maziy yoki vadiy ekanida shak qilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa;
- (chiqqan narsa) maziy ekanini aniq bilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa. 
Ushbu holatlarda ular(Abu Hanifa va Muhammad rohmatullohi alayhimo)ning nazdida g‘usl vojib bo‘ladi, Abu Yusuf (rohmatullohi alayhi)ning nazdida vojib bo‘lmaydi:
- (chiqqan narsa) maniy yoki maziy ekanida shak qilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa;
- (chiqqan narsa) maniy yoki vadiy ekanida shak qilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa. (Bahrur roiq).  Vallohu a’lam!

29 Июн 2022, 11:06 | Савол-жавоблар | 180 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar