Telegrammda gruppalarda tong bilan tabriklash

Assalomu alaykum! Biz kursdoshlar gruppasini ochganmiz. Bir dustim gruppaga xar xil qorilarni ma’ruzalardan, Qur’on oyatlaridan tashlaydi. Men unga gruppaga bunday oyatlardan tashlama, chunki gruppada 3 kishi namoz o‘qiydi. Qolganlari namoz o‘qimaydi. Namoz o‘qimaganlari xam junatgan xabarni ochib o‘qishi aniq. O‘qietgan insonlardan qaysidir biri mast bo‘lishi mumkin, qaysidir xojatxonada, qaysidir taxoratsiz xolda gruppadan xabar keldi deb ochib o‘qigan insonni gunoxiga sherik bulma, Qur’on oyatlaridan taxoratsiz o‘qilmaydi, desam mendan xafa buldi. Uning aytishicha, dustingga Allohni eslatib turish savob ekan. Men unga: Savob olmoqchi bulsang oldiga borib axvoldan xabar olib qancha nasixating bulsa qilaver, chunki taxorati bulmasa xam qancha eshitsayam ziyoni yuk, desam tushunmayapti. Mendan xafa bulib ishonmasang ilmlilardan so‘ra deb o‘zinikini ma’qul qilayapti. Qancha qorilar, imomlar kanallari, gruppalari bor. Ulardan kelgan xabarlarni ochishdan oldin taxorat kilib keyin ochib bemalol o‘qish mumkin. Chunki inson biladi bu kanal yoki gruppada faqat Qur’on oyatlaridan yozilgan xabar kelishini. Shu sabab ochishdan oldin aqli bor inson taxorat qilib pok xolda o‘qiydi. Juralar yoki xamkasblar, xar xil yigma gruppalar bor. Bulardan kelgan xabar esa ochib o‘qimaguncha qanday xabar kelganini bilmaydi. Unda biri ertalabdan betini yuvmasdan juma muborak desa, ortidan biri uyatsiz bir prikoldan junatadi, yoki teskarisi kimdir uyatsiz prikollardan jo‘natsa, ortidan duolari bilan payshanba kuni qutlug bulsin deb xabar junatadi. Shu sababli gruppada Qur’on oyatlaridan yozmanglar, desam tushunmayapti. Siz shunga nima deysiz meni kursatgan misollarim asoslimi, telegrammda junatish va xabarlarda kelgan Qur’on oyatlaridan taxoratsiz xolda o‘qisa buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’on oyatlarini o‘qish uchun junublikdan pok bo‘lishi shart. Oyat yozilgan narsani ushlash uchun tahorat ham shart. Ammo qur’on tilovati, hadisi sharif, ma’ruzalar va va’z-nasihatlarni eshitish uchun g‘usl ham tahorat ham shart emas. O‘zi insonlarga Allohning so‘zini etkaza olmay qiynalayotgan vaqtda sizni man qilishingizni qarang. Vallohu a’lam!

29 Июн 2022, 12:16 | Савол-жавоблар | 190 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar