5 vaqt namozni to‘liq o‘qimaslik

Assalomu alaykum! Men chet elda musofirchilikda, qurilishda ishlayman. Alxamdulillax 5 vaqt namoz o‘qiyman. Men bilan ishlab yurgan bir inson, "5 vaqt emas, bomdod va xufton namozlarini o‘qi qolgan namozlarni esa qazo qilib o‘qi" deb maslaxat berdi. Nimaga desam, "chunki ish vaqtida ishni to‘xtatib namoz o‘qishga chiqsang boshqalarga yoqmaydi, yomon ko‘rinib qolasan, orqangdan xar-xil gaplar aytishi mumkin, namozni qiynab qo‘yasan, namozni qiynab qo‘yma, unday qilib namoz o‘qish yaxshi emas" deb aytdi. Sheriklarimning birortasi xam namoz o‘qimaydi. Men o‘qishga chiqqan paytim sizlar ishni to‘xtatib dam olib turasizlar desam, ko‘nishmayapti. Nima qilsam bo‘ladi, qanday maslaxat berasiz? Bu xolatda qanday qilib namoz qiynalishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha sherigingiz noto‘g‘ri aytibdi. Siz namozlarnin o‘z vaqtida o‘qing. Namozga ajratgan vaqtingizda ortiqcha ishlab bering. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Namozni qazo qilishga hech qanday holatda uzr yo‘q. “Namozni qiynab qo‘yish” degan narsa ham yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Июн 2022, 14:56 | Савол-жавоблар | 242 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar