Nasroniylar qabristonida ishlash

Assalomu alaykum! Bir do‘stim nasroniylar qabristonida ishlaydi o‘zi namozxon ularga go‘r qozadi, qabrni tozalaydi, siment qiladi. Shu ish joizmi? 2. Masjid 18-20 km uzoq 1 soat 1,5 sotlik yo‘l uzoq deb jum’a namoziga bormaydi. Shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Mumkin emas, qilmang bu ishni. Bu ishni qilishingiz mutlaqo joiz emas. Shariatga muvofiq keladigan boshqa ish toping.2). Juma o‘qiladigan masjid joylashgan shahardan shuncha uzoqlikda bo‘lishsa ularga juma farz emas. Ammo ular masjid joylashgan shaharning ichida bo‘lishsa va shahar kattaligi tufayli oralarida shuncha masofa bo‘lsa jumaga borishlari farz. Vallohu a’lam!

4 Июл 2022, 14:49 | Савол-жавоблар | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar