Yomonlikdan qaytarish
Assalomu alaykum! Men bir korxonada 1 oy ishladim (ish xaqi kelishilgan). Ish xaqqimni bermadi. Men korxona atrofidagi boshqa korxonalarni ogoxlantirib qo‘ysam bo‘ladimi? Xar safar boshqa ishchilar olib ishlatib ketkizib yuborarkan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan pulni berishga qodir bo‘la turib, sizga zulm qilib, cho‘zib yurishgan bo‘lsa boshqalarga buni bildirsangiz bo‘ladi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَطْلُ الْغَنِيِّ ظُلْمٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boyning (zimmasidagi haqni) bermay yurishi zulmdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Moddiy imkoni bor odam o‘z zimmasidagi moliyaviy burchni ado etmay yurishi zolimlikdir. U bu bilan haqdorlarga ham, o‘ziga ham zulm qiladi. Haqdorlar undan o‘z vaqtida haqlarini ololmay, zulmga uchraydilar. O‘zi esa bu ishi bilan gunohga botib, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi.
Imom Shofe’iyning hukmlari bo‘yicha, agar boy kishidan mazkur ish ikkinchi marta takror bo‘lsa, uning guvohligi qabul qilinmaydi. Ya’ni jamiyatdagi ishonchsiz kishilar qatoriga qo‘shilib qoladi.
Ushbu tushuncha unutilgani sababli jamiyatlarimizda boylar, imkoni bor odamlar birovning haqini bermay yurishi keng tarqalgan. Agar biror marta «Falonchi o‘z zimmasidagi haqni vaqtida ado etmagani uchun uni ishonchsiz kishi deb e’lon qilinsin», degan hukm chiqqanida edi, darhol hamma o‘zini o‘nglab olgan bo‘lar edi. Ming afsuslar bo‘lsinki, hozirda ushbu shar’iy hukmga amal qilish ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilgan. Qarzini uzish imkoni bo‘la turib, topgan pulini turli hoyi-havaslarga ishlatib yurganlar oz emas.وَلِلْبُخَارِيِّ وَأَحْمَدَ وَالنَّسَائِيِّ: «لَيُّ الْوَاجِدِ يُحِلُّ عِرْضَهُ وَعُقُوبَتَهُBuxoriy, Ahmad va Nasoiy qilgan rivoyatda:
«Topganning bo‘yin tovlashi uning obro‘sini (to‘kishni) va uqubatini halol qiladi», deyilgan. (“Qarz” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 Июл 2022, 15:09 | Савол-жавоблар | 201 | Oila va turmush