Internetdagi biznes

Assalomu alaykum! Internet sahifasida yangi biznes ko‘rdim unda tavarni sotib olasiz lekin tavar sizga kelmaydi va sariflangan pulingizni qaytarib sariflangan pulning ustiga 0.025% ham qo‘shib o‘zingizga qaytib keladi. Ichki tartip qonunlarini o‘qilganda ular uchun mahsulotni sotib olib beraman va ular qimmatroqa sotib menga pulimni qaytarib berishmoqda bunday ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo molini hali qabz qilmay turib sotib yuborish joiz emas.وَلأَصْحَابِ السُّنَنِ: لاَ يَحِلُّ سَلَفٌ وَبَيْعٌ وَلاَ شَرْطَانِ فِي بَيْعٍ وَلاَ رِبْحُ مَا لَمْ يُضْمَنُ وَلاَ بَيْعُ مَا لَيْسَ عِنْدَكَSunan egalari keltirgan rivoyatda:
«Qarz ustiga savdo halol emas, bir savdoda ikki shart ham, zomin bo‘lmagan narsaning foydasi ham, huzuringda bo‘lmagan narsani sotish ham», deyilgan».
Sharh: 
Ushbu rivoyatda to‘rt xil savdo halol emasligi haqida so‘z bormoqda:
1. «Qarz ustiga savdo».
Bunda bir odam ikkinchisiga bir narsani qarzga beradi. Keyin esa o‘sha narsani ustiga narx qo‘yib, unga sotadi. Bunda riboning shubhasi borligidan ruxsat yo‘q. Chunki Islomda qarzdan foyda olish mumkin emas, riboxo‘rlik bo‘ladi. Qarzning ustiga foyda qo‘yib savdo qilinganda ham shundoq bo‘lganidan man qilingan.
2. «Bir savdoda ikki shart» qo‘yish ham harom.
Misol uchun, senga ushbu kiyimni tikish va bo‘yash sharti ila sotdim, deb bo‘lmaydi. Bitta shart bo‘lsa, bo‘ladi.
3. «Zomin bo‘lmagan narsaning foydasi ham», harom. Ya’ni, bir narsani savdolashib qo‘yib, qo‘liga kelmasdan boshqa odamga sotib yuborishi ham mumkin emas. Chunki bu o‘rtada hech narsa qilmay foyda ko‘rmoqda. Mol hali sotgan odamning qo‘lida turibdi, agar unga biror narsa bo‘lsa ham qo‘lida turgan odam zomin bo‘ladi. Savdolashib qo‘yib qo‘liga olmagan odam zomin bo‘lmaydi.
Demak, bu o‘rtadagi odam faqat foyda ko‘rishi mumkin, xolos. Uning zimmasiga biror mas’uliyat tushmayapti. U xuddi birovning narsasini ustiga foyda qo‘yib sotib, daromad olgan bo‘ladi.
4. «Huzuringda bo‘lmagan narsani sotish ham» harom. Chunki avval ham o‘rganganimizdek, xaridorga berish imkoni bo‘lmagan narsani sotish yo‘q narsani sotish bilan barobar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

4 Июл 2022, 22:22 | Савол-жавоблар | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar