Shayton vasvas qilayabdi
Assalomu alaykum! Shayton Allohga qarshi qilganday juda qo‘rqinchli vasvas qilayabdi. O‘ylasam o‘zim qo‘rqib ketaman. Nima qisam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu juda oson. O‘sha vaqtda Allohning panohiga o‘tish kerak. Alloh taolo Qur’oni karimda O‘zi yaratgan maxluqlarning zararidan panoh so‘rashni ta’limini berib, “quyidagilarni ayting” deb buyurgan. قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ 1. Ayt: «Tong Robbidan panoh so‘rayman.
Xuddi «Ixlos» surasidagiga o‘xshab, «Falaq» surasidagi xitob ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga va u zot orqali ummatlariga qaratilgandir. Alloh taoloning O‘zi turli-tuman yomonliklardan qanday qilib panoh so‘rashni o‘rgatmoqda. Mo‘min-musulmon inson har bir vaqt, har bir narsadan panohga muhtoj bo‘lsa, faqat Alloh taoloning O‘zidangina panoh so‘ramog‘i, Uning panohiga qochmog‘i lozim ekan.
Oyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Robbimdan panoh so‘rayman» yoki «Robbimning panohiga qochaman», deb ayt», deyilmasdan, «Tong Robbidan panoh so‘rayman», deyishga amr qilinmoqda. Nima uchun? Chunki tong doimo og‘irliklardan, shiddatlardan qutulish ramzi bo‘lgan. Shiddatli holga tushib, panoh so‘rashga majbur bo‘lgan inson xuddi zulmatli kechada adashib, halokat yoqasiga kelib qolgan odamga o‘xshaydi. Uning najot kutishi esa xuddi tongni kutishga o‘xshaydi. مِن شَرِّ مَا خَلَقَ 2. U yaratgan narsalar yomonligidan…
Bu oyat dunyodagi barcha yomonliklardan panoh so‘rashni tasvirlaydi. Alloh taolo yaratgan narsalarning foydalisi ham bor, zararlisi ham bor. Panoh tilash yomonliklardan bo‘ladi.
Bunga inson, jin, hayvonot, hasharot va har bir narsaning yomonligi kiradi. وَمِن شَرِّ غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ 3. Va kirib kelgan qorong‘u kechaning yomonligidan...
Qorong‘i kecha doim dahshat, xavf-xatar solib turadi. O‘g‘riliklar, qotilliklar, yomonliklar, turli hayvonot va hasharotlarning zarari doimo tunda yuzaga keladi. Shuning uchun Alloh taolo musulmonlarni O‘z panohiga iltijo qilishga, doimo qalblarini Alloh azza va jallaga bog‘liq qilishga chorlaydi. وَمِن شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِي الْعُقَدِ 4. Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan...
Sehrgarlar birovni sehrlab, zarar etkazmoqchi bo‘lsa, ip olib, o‘qiydigan narsasini o‘qib, dam solib, ipni bir tugib, yana bir dam solib, yana tugib, oxiriga etkazar ekan. وَمِن شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَد 5. Va hasad qilgan hasadchining yomonligidan».
Hasad bir shaxsning boshqa bir odamga etgan yaxshilik yo‘q bo‘lib, o‘ziga o‘tishini orzu qilishidir. Chunki hasad qilgan odam birovga yomonlik etishini orzu qiladi. Lekin «Falonchiga etgan yaxshilikka havas qildim, Alloh taolo menga ham shu narsani bersa edi», deyish hasad emas.
Alloh taologa osmonda ham, erda ham birinchi isyon hasad tufayli sodir bo‘lgan. Iblis Odam Atoga hasad qildi, unga Alloh taolo bergan martabani ko‘ra olmadi. Alloh taoloning amriga bo‘ysunmadi. Odam Atoga sajda qilmadi, osiy bo‘ldi. Natijada Alloh taolo iblisni jannatdan haydadi va qiyomatgacha unga O‘z la’natini yog‘diradi.
Erdagi isyon Qobilning Hobilga hasad qilgani tufayli bo‘ldi. Chunki Alloh taolo Hobilning qurbonligini qabul qilgan, Qobilnikini qabul qilmagan edi.
Hasad nihoyatda ulkan gunoh va xaloyiq boshiga tushgan ulkan musibat. Hasad jamiyatning va uning har bir a’zosining boshiga turli kulfatlar soladi. Odamlar orasidagi dushmanchiliklar, kelishmovchiliklar va barcha yomonliklar hasad tufayli chiqadi. Shuning uchun ham Alloh taolo Qur’onda boshqa yomonliklarni jamlab aytsa ham, hasaddan panoh so‘rashni alohida zikr qilyapti.
Shuni ko‘p aytsangiz bo‘ldi, Allohning panohiga o‘tgan bo‘lasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida quyidagicha marhamat qiladilar: عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ قَالَ بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ، قَالَ: فَأَصَابَ أَبَانَ الفَالِجُ، فَجَعَلَ الرَّجُلُ الَّذِي سَمِعَ عَنْهُ الْحَدِيْثَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ، فَقَالَ لَهُ: مَا لَكَ تَنْظُرُ إِلَيَّ! فَوَاللهِ مَا كَذَبْتُ عَلَى عُثْمَانَ، وَلَا كَذَبَ عُثْمَانُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَلَكِنِ الْيَوْمُ الَّذِي أَصَابَنِي فِيْهِ مَا أَصَابَنِي غَضِبْتُ فَنَسِيْتُ أَنْ أَقُولَهَا. رَوَى هَذِهِ السِّتَّةَ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
Abonga falaj etdi. Undan yuqoridagi hadisni eshitgan kishi unga qaray boshladi. Shunda Abon unga:
«Nimaga menga (bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Ushbu oltitani «Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Shu bilan birga, sabablar va saqlanish choralarini astoydil qilishi lozim. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 180 | Dolzarb savollar