Yomon tush ko‘rganda nima qilish kerak?

Assalomu alaykum! Yomon tush kurganda qanday qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! وَأَتَى عُثْمَانُ بْنُ أَبِي الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ النَّبِيَّ رَضِي اللهُ عَنْهُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ الشَّيْطَانَ قَدْ حَالَ بَيْنِي وَبَيْنَ صَلَاتِي وَقِرَاءَتِي يَلْبِسُهَا عَلَيَّ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ذَاكَ شَيْطَانٌ يُقَالُ لَهُ خَنْزَبٌ، فَإِذَا أَحْسَسْتَهُ فَتَعَوَّذْ بِاللهِ مِنْهُ، وَاتْفِلْ عَنْ يَسَارِكَ ثَلَاثًا، قَالَ فَفَعَلْتُ ذَلِكَ فَأَذْهَبَهُ اللهُ عَنِّي. رَوَاهُ مُسْلِمٌ فيِ الرُّقْيَةِ «Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli, shayton men bilan namozim va qiroatim orasida to‘siq bo‘ldi. U meni qiroatda adashtiryapti», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O‘sha Xanzab deb nomlanadigan shaytondir. Qachon uni sezsang: «A’uzu billahi»ni aytgin-da, chap tomonga uch marta tuflagin», dedilar.
U: «Men shunday qilgan edim, Alloh mendan uni ketkazdi», dedi».
Muslim «Ruqya» – «Dam solish» bobida keltirgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 200 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar