Duolar

Assalomu Alaykum Xurmatli Shayx Xazratlari! Men (Kaxri Kull) Duosining Tariflarini va ushbu duoning xosiyatlarini ukib chikgach,unga kizikib koldim. Lekin aytishlaricha bu duoni ukish xar kimga xam emas ekan, ya’ni Ustozlaridan fotixa olib, mulla bulgan kishilargina ukishlari mumkin ekan. Lekin yaratgan Olloxdan najot surab ushbu duo orkali unga murojaat kilish mumkinmi? Yoki kuyidagidek ustozidan fotixa olmaguncha bu duoni tilga olmagan ma’kulmi? Bunday savol bilan Sizga murojaat kilishimdan maksadim shuki, meni ishlarim umuman yurishmayapti va men fakat Olloxning kalamoni tan olaman, folbinlarga umuman ishonmayman, kolaversa men folbinlarni duzoxning tarashasi deb bilaman, shuning uchun xam men (Kaxri Kull) duosiga ixlos kilyapman. Iltimos menga shu mavzuda yordam bering! E’tiboringiz uchun katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday duo yo‘q. Siz “hojat namozi” o‘qing. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan duolarni o‘qing.

20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 180 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar