Shirk xakida

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMOlamlarning Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.Sayyidi koinot Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo‘lsin.Sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin.Islom ulamolariga va mashoyixlariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Xurmatli Ustoz, uzingizga ma’lum shirk gunoxi Allox taolo kechirmaydigan yagona gunox. Allox taoloning Uzi shirkdan barchamizga panox bersin. Amiyn. Xurmatli Ustoz, shirk gunoxi xakida kengrok ma’lumot bersangiz. Shirkdan extiyot bulish yullarini xam urgatsangiz. Allox taolo Sizdan rozi bulsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ShIRKXar bir mo‘min-musulmon banda xazir bo‘lishi lozim bo‘lgan kalb xastaliklarining biri shirkdir.«Shirk» so‘zi lugatda tengdoshlik yoki yolgizlikning xilofini bildiradi.Shirkning mohiyati Allox ¤zining oliy zotiga xos kilgan xamda bandalikka shior kilgan sifat va amallarni boshka maxlukni rozi kilish uchun, unga nisbat berishdir. Misol uchun, o‘sha maxlukka sajda kilishi, unga atab jonliq so‘yishi, nazr kilishi, qiyinchilikka uchraganda yordam so‘rashi va uni xar joyda xozuru nozir, deb e’tikod kilishi xamda tasarruf kudrati bor, deb o‘ylashdir. Bularning xammasi shirkdir. (al-Akiyda al-Islomiya as-Sunniya» 85 -bet. Abul Xasan Ali an-Nadaviy). Imom Valiyullox Dexlaviy nazdida, shirkning mohiyati insonning ba’zi uluglashtirilgan odamlardan sodir bo‘lgan ajoyib ishlarni uning kamolot sifatlariga ega bo‘lgani uchun sodir bo‘ldi. Chunki, bu narsa bashar jinsidan sodir bo‘lishi mumkin emas edi. Balki, Alloxga xos edi. Bu xususiyat “Alloxdan boshkada yo‘k bo‘lib, fano bo‘lur, fakat Alloxninggina zoti kolur», deb e’tikod kilishidir. Yoki shunga o‘xshash xurofotlardan iboratdir.Shirk Allox taologa xos bo‘lgan sifatlarni Undan o‘zgaga sobit kilishdir. Misoli, olamda «Bo‘l!» deyish bilan bo‘ladigan iroda ila tasarruf kilish, xis kilish a’zolari bilan kasb kilinmagan zotiy ilmga ega bo‘lish, akl, vaxiy, ilxom va shunga o‘xshashlar. Yoki bemorga shifo berish, birovni la’natlash, undan rozi bo‘lmasa bemor, fakir, badbaxt bo‘lib kolishini, birovga raxmatini ko‘rsatsa, o‘sha raxmat tufayli boy, sog, baxtiyor bo‘lib kolishi mumkin, deb e’tikod kilishdir. ShIRKNING ShAR’IY TUShUNChASI Bilinki, shirkning yukoridagi uch ta’rifi uning xakikiy shar’iy bayoni emas. Balki ular shirkka keltirilgan misollardir. Chunki shirk fakat Allox taologa xos bo‘lgan sifat va ishlaridagina bo‘lmaydi. Balki Allox taoloning zotida xam bo‘ladi. Goxida sifatlarida, goxida ismlarida, goxida ishlarida, goxida xukmlarida bo‘ladi. Bunga tavxidning ta’rifida ishora kilgan edik. Shirkning shar’iy tushunchasi – maxlukni Robbil olamiynga besh ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Alloxning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va xukmlarida sherigi bor, deb e’tikod kilishdir. Allox taboraka va taolo «Shuaro» surasida mushriklarning kiyomat kuni kiladigan e’tiroflari xakida xikoya kilib, shunday deydi: «Alloxga kasamki, biz ochik-oydin zalolatda bo‘lgan ekanmiz. Chunki sizlarni Robbil olamiynga tenglashtirar edik» (“Naxl” surasi, 97–98-oyatlar). Demak, mazkur besh ishdan kay birida bo‘lsa xam, boshkani Robbil olamiyngga tenglashtirish shirk hisoblanadi. (Muftiy A’zamning «Maorufil Kur’on» kitobidan). ShIRKNING TANILGAN TURLARI 1. Ibodatda shirk keltirish. Kur’on karimda: «Kim Robbiga ro‘baro‘ bo‘lishni umid kilsa, solix amal kilsin va Robbining ibodatida birovni sherik kilmasin», deyilgan (“Kaxf” surasi, 110-oyat). Oyatning dalolat kilishicha, shirk keltirish barcha solix amallarda, jumladan, sajda, tavof, nazr, ro‘za, xaj, nafaka, sadaka kabi barcha jismoniy, molyaviy va kalomiy ibodatlarda bo‘ladi. Ibodatda shirk keltirishdan kaytarish jami anbiyolar da’vatining asosi va samoviy shariatlarning magizidir. Har bir nabiy va xar bir rasul o‘z kavmiga: «Ey kavmim, Alloxga ibodat kiling. Siz uchun Undan o‘zga ilox yo‘k», degandir (“A’rof” surasi, 59-oyat) 2. Duoda shirk keltirish. Kur’on karimda shunday deyilgan: «Sen: «Men fakatgina Robbimga duo kilaman. Unga birovni sherik kilmayman», deb ayt» (Jin surasi, 20-oyat). «Albatta, masjidlar Allox uchundir. Allox bilan birga boshka birovga duo kilmanglar» (Jin surasi, 18-oyat).«Ular, Bizning Robbimiz osmonlaru erning Robbidir. Xargiz Undan o‘zga iloxga duo kilmasmiz. Gar shundok kilgan bo‘lsak, noto‘grini aytgan bo‘lamiz, dedilar» (Kaxf surasi, 14-oyat). «Balki, Ungagina duo kilursiz. Bas, U duo kilgan narsangizni kashf kilur» (An’om surasi, 41-oyat). Imom Valiyullox Dexlaviy aytadi: “Duodan murod tafsirchilar aytgandek, ibodat emas, balki yordam so‘rashdir. Chunki Allox Kur’oni karimda: «Balki, Ungagina duo kilursiz. Bas, U duo kilgan narsanigzini kashf kilur», demokda (An’om surasi, 41-oyat). («Xujjatulloxi Boliga» 1-129). Bandalarning tokatidan tashkari narsalarda, oddiy sabablardan ustun narsalarda Alloxdan boshkadan nusrat va yordam so‘rab duo kilishi shirk bo‘lib, bu ish insonni tavxid soxasidan chikarib, kufr doirasiga kiritadi. 3. Robblikda shirk keltirish Kur’oni karimda: «Va Robbimizga birovni shirk keltirmaymiz», deyilgan (Jin surasi, 2-oyat). Allox taologa xotin yoki bolani isbot kilganlar Parvardigorga shirk keltirganlardir. Shuningdek, «Alloxdan boshkani bandalar kudratida bo‘lmagan narsani beradi», deb extikod kilish ham Robblikda shirk keltirish hisoblanadi. Alloh taoloning rububiyatida shirk keltirish ibodat va uluxiyatda xam shirk keltirishga olib boradi. Avval xam aytilganidek, Robbilikdagi tavxid uluxiyatdagi tavxidga dalildir. 4. Xukmda shirk keltirish. Kur’on karimda: «Ular uchun Undan o‘zga valiy yo‘k va U ¤z xukmiga birovni sherik kilmas», deyilgan (“Kaxf” surasi, 26-oyat). Ya’ni, oyatda xaklarida so‘z yuritilayotgan Kaxf (gor) egalari uchun xam, ulardan boshkalar uchun xam Alloxdan o‘zga yordam beradigan valiy-do‘st yo‘k va ular xakida xoxlagan xukmini kiladigan xokim yo‘k. Bas, Allox taolo ularga ishlarida to‘grilikni muxayyo kilib ko‘ydi. Ularga ¤z xuzuridan raxmatni berdi va kuloklarini bir necha yilgacha eshitmaydigan kilib ko‘di. Allox ularning kalbini maxkam boglab, xidoyatlarini ziyoda kildi va o‘z raxmatini sochib ko‘ydi. Ularga ishlarida yumshoklikni muxayyo kildi. Ularga uykularida xam manfaat oladigan narsani tayyorlab berdi. Allox taolo ularni o‘ngga, chapga agdarib turar edi. Ularga kuyoshni xizmatkor kilib ko‘ydi. Kuyosh gorning o‘ng va chap tomonidan aylanib o‘tar edi. So‘ngra Allox ularni uykularidan uygotdi. Alloxning va’dasi xak ekanini va Kiyomat soati kelishida shubxa yo‘kligini bildirish uchun odamlarni ularning xolidan xabardor kildi.Ular Allox taoloning xukmlariga va ularga bergan yordamiga birovni sherik kilmadi. Albatta, Allox taolo ¤z xukmlarida birovni sherik kilmas: «Xukm fakat Alloxnikidir. U fakat ¤zigagina ibodat kilishingizni amr kildi» (“Yusuf” surasi, 40-oyat). Demak, xukmdorlik xam, ibodat xam xolis Alloxning O‘ziga bo‘lmogi, boshkaga ibodat kilinmasligi to‘g‘ri din sanaladi. 5. Mulk va sultondagi shirk keltirish. Kur’on karimda: «Sen, «Bola tutmagan va Mulkda Uning sherigi bo‘lmagan Alloxga xamd bo‘lsin», degin», deyilgan (Bani Isroil surasi,
-oyat). Bu oyatda Allox taolo o‘z paygambariga biron bir maxlukotga o‘xshamagan va sultonligida xech bir sherigi bo‘lmagan Alloxga xamd aytishga amr kilmokda. U borlikdagi narsalarning moliki – egasidir. Chunki mulk Uning ko‘lidadir. U zot xar bir narsaga kodirdir. Xamma narsalarning egaligi Uning ko‘lidadir. Osmonlaru erning mulki xam Unga xosdir. «Sen: «Alloxdan o‘zga o‘zingiz gumon kilganlaringizga duo kiling. Ular osmonlarda xam, erda xam zarra mikdoricha narsaga ega emaslar. Ularning bu ikkovida sheriklari yo‘k va U zotga ulardan yordamchi xam yo‘k», deb aytgin» (Saba’ surasi, 22-oyat). Ya’ni, Siz valiylar – do‘stu yordamchilar, deb gumon kilib, Alloxga sherik kilayotgan, hojatingiz tushganda iltijo kilayotgan «xudo»laringizning zarra mikdoricha xam mustakil egaligi yo‘kdir. Ular bu narsalarda sherik xam emaslar. Alloxga biror narsada yordam xam bera olmaydilar. Nima uchun ularga iltijo kilasizlar va nima uchun ularga ibodat kilasizlar?! «Ana o‘sha Allox sizning Robbingizdir: mulk Unikidir. Undan o‘zga iltijo kilayotganlaringiz kitmirga xam ega emaslar» (Fotir surasi, 13-oyat). «Kitmir» – xurmo donagini o‘rab turuvchi yupka parda. Ushbu oyatdan oldin Allox taolo kecha-kunduzning nizomi, kuyosh va oyning nizomi xamda ularning jarayoni o‘z ko‘lida ekanini isbot kilgan edi. So‘ngra esa: «Ana o‘sha Allox, sizning Robbingizdir. Mulk Unikidir» (Fotir surasi, 13-oyat). Agar mulk Uning maxluklaridan birortasida bo‘lganida, kechayu kunduzning nizomi xozirgi xolidan boshkacha bo‘lar edi. Kuyosh va oyning xarakati xam, ularning chikishi va botishi xam ma’lum va mashxur tariykasidan boshkacha bo‘lar edi. Kur’on uslubining go‘zalligi va uning bayonining mo‘’jizakorligidan, avvalo, mulkda sheriklikning yo‘kligini Bani Isroil surasida zikr etib, ikkinchidan xukmda shirk keltirishni Kaxf surasida nafiy- manfiy etishligi va Kaxf surasi oxirida esa ibodatda sheriklikning yo‘kligini zikr kilishdir. Chunki, ibodat va bo‘yin egish xukmdan keyin bo‘ladi. Xukm esa, xokim mulkka va xukmga ega bo‘lganidan keyingina ijro etiladi. Bunga tasarrufdagi shirk xam kiradi. Chunki tasarruf xam mulkdan keyin imkoni bo‘ladigan narsadir. 6. Xalk – yaratishdagi shirk keltirish. Kur’on karimda shunday deyilgan: «Sen: «Menga Alloxdan o‘zga iltijo kiladigan sheriklaringizning xabarini beringchi, menga ko‘rsating-chi, ular erda nimani yaratdilar? Yoki osmonlarda ularning sherikligi bormi?» deb aytgin» (Fotir surasi, 40-oyat). «Sen: «Menga Alloxdan o‘zga iltijo kilayotganlaringizning xabarini beringchi! Menga ko‘rsating-chi, ular erda nimani yaratdilar? Yoki osmonlarda ularning sherikligi bormi?! deb aytgin» (Axkof surasi, 4-oyat). Bu ikki oyatda mushriklarga ko‘rkitish va do‘k urish yo‘li bilan: «Alloxdan boshka duo ila iltijo kilayotgan olixa-xudolaringizda xalk kiluvchilik-yaratuvchilik sifati topiladimi? Yoki ularning Allox bilan birga osmonlarni yaratishda sheriklik kilganlari bormi? Ya’ni, o‘zlari mustakil ravishda yoki Allox bilan sheriklikda biror narsa yaratganlarmi? Yo‘k, alabatta», deyilmokda. Alloh taolo aytadi: «Albatta, Alloxdan o‘zga iltijo kilayotganlaringiz xammalari to‘plansalarda xargiz bir pashsha xam yarata olmaydilar» (Xaj surasi, 72-oyat). «Yoki Alloxga Uning xalkiga o‘xshash xalk yaratgan sheriklar kildilarmi?!» Ularga xalk – yaratish o‘xshash tuyulibdi. Sen: «Allox xar bir narsaning yaratuvchisidir. U zot yagona va o‘ta kaxrlidir», deb ayt» (Ra’d surasi, 16-oyat). 7. Itoatda shirk keltirish. Kur’oni karimda: «Agar ularga itoat kilsangiz, albatta siz mushriklardirsiz», deyilgan (An’om surasi, 121-oyat). Bas, Allox taolo itoatiga mukobil ravishda Alloxdan o‘zgaga itoat kilish shirkdir. Shuning uchun xam, Paygambar sollalloxu alayxi vasallam: «Xolikka ma’siyat kilishda maxlukka itoat yo‘k», deganlar (Buxoriy). 8. Tashri’dagi shirk keltirish. Kur’on karimda: «Yoki ularning sherik (xudo)lari boru, ularga dinda Allox izn bermagan narsani shariat – konun-kilib berdilarmi?» deyilgan (Shuro surasi, 21-oyat).Bas, savob umidida yoki gunox ko‘rkinchida, ado etmok yoki tark etmok uchun xar bir yangi chikarilgan, ixtiro kilingan ish, unga Kur’on va Sunnatdan dalil bo‘lmasa, tashri’ – konun-chilik bobida shirk keltirish bo‘ladi.ShIRK OKIBATINING OFIRLIGI Shirkning okibati nakadar ogirligini anglab etish uchun ushbu oyatlarni eslashning o‘zi kifoya: 1. «Albatta, Allox ¤ziga shirk keltirishni magfirat kilmaydi. Undan boshkani kimni xoxlasa, magfirat kiladi» («Niso» surasi, 48-oyat). 2. «Albatta, kim Alloxga shirk keltirsa, bataxkik, Allox unga jannatni xarom kildi. Uning joyi do‘zaxdir. Zolimlarga yordam beruvchilar yo‘kdir» («Moida», surasi, 72-oyat). 3. Allox solix banda Lukmon tilidan: «Ey o‘gilcham, Alloxga shirk keltirmagin. Albatta, shirk katta zulmdir», degan («Lukmon» surasi, 13-oyat). 4. «Albatta, mushriklar najasdirlar. Bas, ushbu yillaridan keyin Masjidul xaromga yakin kelmasinlar» («Tavba» surasi, 28-oyat). Shunga binoan mushrik olamdagi eng razil odamdir. 5. «Agar shirk keltirsang, amaling xabata bo‘lar (bekor ketar). Va, albatta, ziyonkorlardan bo‘lursan» («Zumar» surasi, 65-oyat). Shunga binoan, shirk xech kimdan kechirilmas gunoxdir. KUFR VA ShIRK O‘RTASIDAGI FARK Birinchidan, kofirlik dindagi zaruriy narsalardan birini inkor kilish bilan bo‘ladi. Boshkacha kilib aytganda, iymon keltirish vojib bo‘lgan xar bir narsani inkor kilish bilan bo‘ladi. Mushrik dindagi zaruriy narsalardan birortasini inkor kilmasligi mumkin. Lekin Allox taologa xos sifatlardan birida, Uning xukmlarida, ismlarida yoki ishlarida shirk keltirishi mumkin. Ikkinchidan, kufr o‘zining barcha turlari bilan iymonga zid bo‘lib, u bilan jam bo‘la olmaydi. Shirk esa, goxida iymon bilan jam bo‘lishi mumkin. Yoki boshkacha kilib aytadigan bo‘lsak, xar bir shirk xam kufr emas. Bunga kichik shirk va maxfiy shirk misoldir. Imom Axmad o‘zining Musnad kitobida kuyidagi xadisni rivoyat kilgan: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Mening siz uchun eng xavf kilgan narsam kichik shirkdir», dedilar. «Ey Alloxning rasuli, kichik shirk nima?» deyishdi. «U riyodir», dedilar u zot». Shuningdek, bir odam Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamga: «Allox xoxlasa va siz xoxlasangiz», deganida, u zot alayxissalom: «Nima, meni Alloxga teng kildingmi?! Alloxning yolgiz ¤zi xoxlasa, degin», deganlar. Imom Axmad rivoyat kilgan. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Kim Alloxdan boshka ila kasam ichsa, bataxkik, shirk keltiribdi», deganlar. Axmad vva Termiziy rivoyat kilgan. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Ey odamlar, ushbu shirkdan saklaninglar, chunki, u chumolining o‘rmalashidan xam maxfiyrokdir», deganlarida, u zotga: «Ey Alloxning rasuli, agar u chumolining o‘rmalashidan xam maxfiyrok bo‘lsa, kandok kilib undan saklanamiz?» deyildi. Shunda u zot: «Ey bor Xudoyo, biz Sening ¤zingdan bilgan narsamizni senga shirk keltirishimizdan panox so‘raymiz, bilmaganimizga istigfor aytamiz», denglar, deb javob berganlar. Imom Axmad rivoyat kilgan. Ushbu zikr kilingan narsalarni kiluvchi, murtad yoki kofir bo‘lgani xakida Paygambar sollalloxu alayxi vasallamdan xukm chikmadi. Shuningdek, shaxodat kalimasini kaytarish yoki iymonini yangilash xakida amr xam bo‘lmadi. Shunga o‘xshash, Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam Alloxdan o‘zga bilan kasam ichgan odamni murtad yoki iymondan chikuvchi mushrik bo‘lgani xakida xukm kilmaganlar. Xattoki, U zot sollalloxu alayxi vasallam o‘zlaridan Islomning arkonlari xakida so‘ragan a’robiy xakida: «Otasiga kasamki, agar rost gapirgan bo‘lsa, najot topdi», deganlar (Buxoriy). Ya’ni, Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam o‘sha a’robiyning otasi bilan kasam ichganlar. Agar bu xakiykiy shirk bo‘lsa, xech kachon bu xilda kasam ichmas edilar. Shuningdek, U zot sollalloxu alayxi vasallam ko‘pgina saxobalarning ismlarini o‘zgartirganlar. Lekin o‘sha ism egalarining shirki yoki kufri xakida xukm chikarmaganlar. Balki, shirk gumoni bo‘lgani uchun o‘sha ismlarga o‘xshash ismlarni man kilganlar. Ushbularning barchasi shirkning ba’zi turlari, katta gunox bo‘lsa xam kufr emasligiga dalildir. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bu ishlar xakida shiddatli gaplarni aytganlari esa, shirk va joxiliyatga sabab bo‘ladigan yo‘llarni to‘sish, Islom va tavxidning ta’sirini ko‘tarish uchun bo‘lgan. (Jazoiriy, «Akidatul mo‘min» 105-106).

20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 194 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar