Allohni bizga rahmi kelsin!

Assalomu alaykum! Ustozlar, din yo‘lida qilayotgan ishlaringizda Alloh madadkor bo‘lsin! Hozirgi kunda to‘y marosimlari, tug‘ilgan kun tadbirlari, turli xil bayramlar, kontsert dasturlari va hokazo ko‘ngilochar madaniy xordiqlar uchun topgan pulimizdan ancha qismini sarf qilamiz! Xatto qish kunlari kontsertga tushsak sanatkorga qimmat narxda gul sotib olamiz. Bunday tadbirlarga o‘z vaqtida etib borishga intilamiz. Ammo masjidga jamoat namoziga, juma namoziga bunchalik intilmaymiz. Qiladigan exsonimiz xam birnecha ming so‘mdan oshmaydi xatto cho‘ntakdagi keraksiz mayda pulni beramiz ba’zida. Bunday xolatdan qanday qutilsak bo‘ladi? Menimcha bu xolat deyarli ko‘p insonlar uchun o‘ylantiradigan savol deb o‘ylayman! Javoblaringiz uchun kattakon rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Odam alayhissalomdan oxirigi payg‘ambar bo‘lmish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha barcha payg‘ambarlar eng asosiy aqiydaviy masala inson qayta tirilishi va har bir qilgan amaliga mukofot yoki jazo olishini uqtirib kelganlar. Odamlar o‘rikning danagidan o‘rik daraxti unib o‘sishni va kelgusida o‘rik meva qilishini boshqa hamma urug‘lardan daraxt, o‘simliklar unib chiqishlarini guvohi bo‘lib turishbdi. Hech ajablanganlari yo‘q, onaning bachadoniga tushgan urug‘idan chaqaloq paydo bo‘lganidek bir kuni kelib qiyomatda inson urug‘idan ham inson qayta tirilishini o‘ylashmayapti. Holbuki har bir narsani urug‘i bo‘lganidek insonni dumg‘aza suyagi ichida insonning ham urug‘i bo‘lishini fan tasdiqladi. Uni bundan 1400 yil oldin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ajbuzzanab” deb ta’rif bergan edilar. Inson qiyomatda qayta tirilish degan haqiqatni tan olmas yoki unga shubha bilan qarar yoki mutlaqo inkor qilar ekan uning bu dunyoda qilayotgan amallari intizomga tushmaydi. Alloh taolo bu haqiqatni insonlarga tushuntirish uchun Qur’oni karimdagi har bir surada bu haqida ogohlantirishlar bergan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 13 yil Makkai Mukarramada istiqomat qilib insonlarni shu e’tiqodga chaqirganlar. Insonlar esa bu haqiqatga ahamiyat berganlari yo‘q. Aksincha insonning asl dushmani bo‘lgan shaytonning ta’limotlariga eragishmoqda. Shayton Alloh itoatsizlik qilib abadiy do‘zaxi bo‘lishga mahkum bo‘ldi. قَالَ فَاخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ۝ وَإِنَّ عَلَيْكَ لَعْنَتِي إِلَى يَوْمِ الدِّينِ۝ 77. U Zot: «Undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.
78. Va albatta, senga jazo kunigacha la’natim bo‘lgay», – dedi.
Shunda Alloh taolodan qiyomat kunigacha tirik qoldirishini iltijo qildi va bu fursatda o‘zi nima qilishini ham aytdi. قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِي إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ۝79. U: «Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak Kungacha muhlat bergin!» – dedi. قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ الْمُنظَرِينَ۝ إِلَى يَوْمِ الْوَقْتِ الْمَعْلُومِ۝ 80. U Zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan,
81. ma’lum vaqt Kunigacha», – dedi.
Abadiy do‘zaxi bo‘lishiga sababchi bo‘lgan Odamdan o‘ch olishiga qasam ichdi. قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ۝ إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ الْمُخْلَصِينَ۝ 82. U: «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini yo‘ldan ozdirajakman.
83. Ulardan tanlangan bandalaringgina mustasno», – dedi.
Alloh taolo shaytonga ergashganlarning oqibatini quyidagi oyat ila bayon qildi. قَالَ فَالْحَقُّ وَالْحَقَّ أَقُولُ۝ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَمِمَّن تَبِعَكَ مِنْهُمْ أَجْمَعِينَ۝ 84. U Zot: «Haq shulki, zotan, Men faqat haqni ayturman.
85. Albatta, jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab, to‘ldirurman», – dedi.
("Tafsiri Hilol" kitobidan “Sod” surasi).
Biz esa hamma vaqt Mehribon Robbimiz aytganlarini qilish o‘rniga barcha dushmanlarimizni birorta ham aytganlarini qoldirmay aytganlarini qilmoqdamiz. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing
https://islom.uz/maqola/3943

20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar