Nikoh xutbasi
hurmatli shayx hazratlari!Alloh umringizni xayrli ziyoda aylasin!Hazrat, bizlarning ko‘pgina musulmon oilalarda kelin va kuyov bo‘lmishga oldindan (yani 1,2 oy oldin yoki nikoh marosimidan malum kun oldin) shar‘iy nikoh o‘qitiladi. Albatta bundan ko‘zlangan maqsad, ikki yosh zarurat yuzasidan uchrashadigan bo‘lishsa nomahramlik masalasi bo‘lmasligi uchun.Ammo, men shuni bilmoqchi edimki, ikki yoshga nikoh o‘qilgandan so‘ng ma‘lum muddat (odatda 1-2 oy) birga yashamasliginig shar‘iy hukmi qanaqa bo‘ladi. Chunki nikoh kechasi o‘qiladigan ikki rakaat namoz aynan nikoh o‘qilgan kechaga (bizlarda nikoh bazmi kuni kechasi o‘qiladi) tegishli deb eshitganman. Hamda er kishi nikoh o‘qilgan kundan boshlab ayoliga (egani, ishgani, kiygani va hokazo) qiyomat kuni javob berishin ham bilamiz.Iltimos ushbu holat bo‘yicha shar‘iy hukmni bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur holat joiz. Agar kelin nafaqani talab qilmasa, javobgarlik yo‘q. Mazkur nafl namoz nikoh o‘qitilishi uchun emas, kuyov bilan kelin xilvatda qolishidan oldin o‘qiladi.
20 Апрел 2022, 20:59 | Савол-жавоблар | 356 | Oila va turmush