Qalb ochilishi duosi

Assalomu alaykum! Ustozlar bizga Allohdan qalblarimizni ochishi uchun bizlarga hidoyat berish uchun duo o‘rgatsangizlar. 2). Islom dini qabul qilgan insonning birinchi ibodati nima? Allohni tanishlikmi? 3). Ibodatlarda bardavom bo‘lish, ilmiga amal qilish uchun nima qilish kerak? Qanday kitob Allohni bandasiga yaxshi tanishda yordam beradi (arab tilini bilmasa)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Muso alayhissalom quyidagi oyatda kelgan oyatlarni o‘qiganlar. قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي۝ 25. U (Muso) dedi: «Robbim, mening ko‘ksimni keng qil. وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي۝ 26. Mening ishimni oson qil. وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِي۝ 27. Tilimdagi tugunni echgin. يَفْقَهُوا قَوْلِي۝ 28. So‘zimni anglasinlar. وَاجْعَل لِّي وَزِيرًا مِّنْ أَهْلِي۝ 29. Menga o‘z ahlimdan bir vazir qilib ber – هَارُونَ أَخِي۝ 30. og‘am Horunni. اشْدُدْ بِهِ أَزْرِي۝ 31. U bilan belimni quvvatla. وَأَشْرِكْهُ فِي أَمْرِي۝ 32. Uni ishimga sherik ayla… كَيْ نُسَبِّحَكَ كَثِيرًا۝ 33. Senga ko‘p tasbeh aytishimiz uchun… وَنَذْكُرَكَ كَثِيرًا۝ 34. va Seni ko‘p zikr qilishimiz uchun. إِنَّكَ كُنتَ بِنَا بَصِيرًا۝ 35. Albatta, Sen O‘zing bizni ko‘rib turuvchi eding». 2). Iymonga kelishi bilan Alloh taoloni tanishga harakat qilish kerak. shu bilan birga taqlid qilib bo‘lsa ham namozlarni o‘qish kerak.
3). Solihlar safiga qo‘shilishi kerak. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:59 | Савол-жавоблар | 233 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar