Ro‘zador tupugini yutsa

Assalomu alaykum! Ro‘zador odam bilamizki tupugini to‘plab qasdan yutib bo‘lmaydi. Agar tupugi to‘planib qolsa uni tupurib tashlasa ro‘zasi ochilmaydimi? Ro‘zador odam yugursachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! RO‘ZANI BUZADIGAN NARSALAR

Kim ikki yo‘ldan biriga jinsiy yaqinlik qilsa yoki unga yaqinlik qilinsa, ro‘zasi buziladi.
Qasddan g‘izo yoki davo bo‘ladigan narsani esa yoki ichsa ham ro‘zasi buziladi.
Bu holatlarda qazosini tutadi va xuddi zihor qiluvchi kabi kafforatni ado qiladi.
Kafforatni ado qilish Ramazon farzini ado qilishni qasddan buzganda vojib bo‘ladi. Boshqasida vojib bo‘lmaydi.
Xato tufayli, majburlanish oqibatida, kechasi deb gumon qilib eb-ichganda, qorniga yoki dimog‘iga terisining teshiklaridan boshqa tarafdan dori etganda, mayda toshni yutganda, og‘zi to‘lib qusganda faqat qazosini tutadi.
Agar qusqi ro‘zadordan g‘olib kelsa, yoki esidan chiqib og‘zini ochib yuborsa, yoki ehtilom bo‘lsa, nazar solib turib maniy chiqarsa, tomog‘iga chang, tutun yoki pashsha kirsa, qazo tutmaydi.
Agar hayvonga, o‘likka yoki farjdan boshqa erga jinsiy yaqinlik qilsa yoxud o‘psa, yoki ushlasa-yu maniy nozil bo‘lsa, qazo qiladi, kafforat yo‘q.
Agar tishining orasiga kirib qolgan no‘xatdan kichikroq narsani esa, ro‘zasi buzilmaydi. Ammo o‘sha narsa og‘izdan chiqarilib, keyin eyilsa, ro‘za buziladi.
Bir dona kunjutni chaynab esa ham ro‘zasi ochilmaydi.
Qusqining ichiga qaytib ketishi, agar u ko‘p bo‘lsa, ro‘zani buzadi. Muhammadning nazdida agar qasddan qaytarib yutib yuborsa, buzadi.
Biror narsaning mazasini tatib ko‘rish yoki chaynash makruhdir. Faqatgina zarurat yuzasidan yosh bolaga ovqat chaynab berish bundan mustasno.
O‘pish, agar ortidan biror narsa bo‘lish xavfi bo‘lsa, makruhdir. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.

20 Апрел 2022, 21:09 | Савол-жавоблар | 168 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar