Tarovex namozi va tasbex o‘girish

Assalomu alaykum! 1. Xufton vaqti 21-20da, ammo biz 21-00da xufton va tarovex namozini o‘qiy boshlaymiz hamda imom tez o‘qiydi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: Namozni vaqtidan oldin o‘qib bo‘lmaydi" deb javob bergan ekanlar. Bizning o‘qigan namozlarimiz nima bo‘ladi, qaytadan o‘qiylikmi? 2). Imom tasbexni tez o‘giradi, men ulgira olmayman. Hatto 10 talarini o‘tkazganimdan Alhamdulillahga o‘tib ketadi. Buni so‘raganimda siz o‘zingizga qulayini ko‘ring yoki tasbex o‘girmay aytib turing, 11 tadan sanasangiz xam bo‘ladi degan javoblarni berishdi. Menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Shomning ikki vaqti bo‘lib, biri qizil shafaq yo‘qolishi bilan tugaydi va xuftonning vaqti kiradi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:
Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir.
Imom Muslim Ibn Umar roziyallohu anhumodan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki shafaq g‘oyib bo‘lmasa, shomning vaqti bor», deganlar.
Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga namozning vaqtlarini ko‘rsatganligi haqidagi hadisda: «So‘ngra shomni quyosh botib, ro‘zador iftor qiladigan paytda o‘qidi. So‘ngra xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi», deyilgan. Demak, shom namozining vaqti ushbu ikki vaqt orasida bo‘ladi.
Ikkinchisi qizil shafaqdan keyingi oqlik tugashi bilan shom vaqti tugab xuftonning vaqti kiradi. Bu ehtiyotliroq.
2). Tasbehlarni imom bilan birga aytish shart – degan gap yo‘q. salom berilgach imom bilan birga qiladigan ishlar tugaydi. Undan keyin hamma ixtiyorli. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:08 | Савол-жавоблар | 187 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar