Jaxl ustida qilingan amal hukmi va g‘azabni muolajasi
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 5 vaqt namoz o‘qiydilar. Aslida yaxshi inson. Ammo jaxllari juda tez. Shunday vaziyatlarda meni turli tuxmatlar hatto zinokorlikda ayblab, kurakda turmas gaplar bilan xaqorat qilib uradilar. Tabiiyki bu xolat oilamizning boshqa a’zolari bilan munosabatimni xam yomonlashishiga olib kelyapti. O‘zlariga kelganlarida tavba qilishlarini aytsam "javobini o‘zim beraman" deb beparvo bo‘lyaptilar. Bu narsa to‘xtash o‘rniga kuchayib boryapti. Ular kanallarni kuzatib boradilar. Sizlardan iltimos jaxl ustida qilingan amallarning qiyomatdagi xukmi xaqida nimalar deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jahldor bo‘lish bu insonning loyiga qorishtirilgan narsa. To‘g‘ri ishlatilsa juda ham foydali sifat. Chunki o‘rni kelsa Allohning roziligi uchun ham g‘azab qilish kerak bo‘ladi. Noto‘g‘ri foydalansa o‘ta ayanchli oqibatlarga olib keladi. Ruhiy tarbiya mashoyixlari: “G‘azabi chiqqan inson o‘sha g‘azabini ichiga yutsa, to‘laligicha nurga aylanadi” deganlar. Alloh taolo mo‘minning sifati borasida "Oli Imron" surasida quyidagicha marhamat qiladi: الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ134. Ular engillikda ham, qiyinchilikda ham nafaqa qiladiganlar, achchig‘ini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir.
Taqvodorlarning sifatlaridan biri:
«...achchig‘ini yutadiganlar...»
G‘azabini yutish eng qiyin ishlardan hisoblanadi. G‘azab insonda turli munosabatlar ila qo‘zg‘alib turadi, uni jilovlab olish har bir kishining ham qo‘lidan kelavermaydi. Lekin taqvodor kishi bu og‘ir ishni eplashi mumkin. Ya’ni qalbida taqvodorlik mavjud bo‘lgan insongina g‘azabdan g‘olib chiqa oladi.
Islomda g‘azabni yutish ulug‘ axloqlardan hisoblanadi. Qur’oni Karim oyatlaridan tashqari, bu oliy sifatning maqtovi Payg‘ambarimizning hadislarida, salafi solihlarimizning ishlari va so‘zlarida o‘z aksini topgan.
Imom Ahmad rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda kelishicha, bir kishi Payg‘ambar alayhissolatu vassalomga:
– Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling, – dedi. U zoti bobarakot:
– G‘azab qilma, – dedilar. So‘ragan odam keyinchalik e’tirof etib, bunday deydi:
«Rasullulloh alayhissalom shu gapni aytganlarida, o‘ylab ko‘rsam, g‘azab hamma yomonlikni o‘zida jamlagan ekan».
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom:
«Kim (jazo berishga) qodir bo‘lib turib, g‘azabini yutsa, qiyomat kuni Alloh uni xaloyiq oldida chaqirib turib, hurlardan xohlaganini tanlab olishga imkon beradi», – deganlar.
Mazkur taqvodorlarning yana bir sifatlari:
«...va odamlarni afv qiladiganlardir». Bu sifat g‘azabni yutish sifatini to‘ldirib keladi. Chunki ish chiroyli hal bo‘lishi uchun g‘azabni yutib qo‘yishning o‘zi kifoya emas. Oliyjanoblik ko‘rsatib, g‘azabini yutgan odam bu oliyjanobligini tugal qilayin desa, aybdorni afv qila olishi, kechira bilishi ham kerak.
Imom Hokim rivoyat qilgan hadisda: «Kimki o‘zi uchun jannatda binolar qurilishini va darajalari ko‘tarilishini xohlasa, zulm qilganni afv etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin», – deyiladi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissolatu vassalom:
«Qiyomat kuni bir jarchi: «Odamlarni afv qilganlar qani?! Ajringizni olgani Robbingizning huzuriga keling!» – deb chaqiradi. Afv qilgan har bir musulmon jannatga kirishga haqlidir», – deganlar.
«Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir».
Yuqorida zikr qilingan sifatning sohiblari yaxshilik qiluvchi sanaladilar. Demak, ularni Alloh yaxshi ko‘rar ekan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).NOO‘RIN G‘AZAB«G‘azab» lug‘atda rozilikning teskarisidir. Aslida, g‘azab shiddat va quvvat ma’nolarini anglatadi. Arablar qattiq xarsangni «g‘azba» deyishadi. G‘azab ham shundan olingan. Zotan, u qattiq jahl chiqishini anglatadi. Ulamolar g‘azab xususida bir-birini to‘ldiruvchi bir necha ta’riflar aytganlar. Jurjoniy «Ta’rifot»da g‘azabni: «U qalbning qoni qaynaganda ko‘ksida hosil bo‘ladigan baxtsizlikdan shifo topadigan o‘zgarishdir», deb ta’riflagan (167-bet). Imom G‘azzoliy: «G‘azab qalb qonining intiqom talabida g‘alayon qilishidir», degan. Imom G‘azzoliy g‘azabning darajalari haqida so‘z yuritib shunday deydi: «Odamlar g‘azabning quvvatida uch darajada – tafriyt (kamlik), ifrot (ortiqchalik) va mo‘’tadillikda bo‘lurlar». Tafriyt (kamlik) g‘azab quvvatining butunlay yo‘q bo‘lishi yoki zaifligidir. Bunday inson hamiyatsiz odam deyiladi va juda ham mazammat qilinadi. Shuning uchun ham imom Shofe’iy: «Kimning g‘azabi qo‘zg‘atilganda ham g‘azabi chiqmasa, eshakdir», degan. Bu darajaning samarasi achchiq bo‘ladi. Bunday odamlar o‘ziga nomussizlik va xorlikni ravo ko‘radigan bo‘ladilar. Ifrot (ortiqchalik) sifati g‘olib bo‘lganda esa g‘azab insonni aql, din va toat chegarasidan chiqib ketishgacha olib boradi. Unday g‘azabda odamning qalb ko‘zi ham, nazari ham ko‘r bo‘ladi, tafakkuri va ixtiyori ham qolmaydi. G‘azabdagi mo‘’tadillik maqtalgan holat bo‘lib, unda kishi aql va dinning ishorasiga muntazir bo‘lib turadi va hamiyat lozim bo‘lganda qo‘zg‘aladi, hilm kerak bo‘lganda bosiladi. G‘azabni mo‘’tadil holda ushlab turish Alloh taolo bandalaridan talab qilgan mustaqimlik holatidir. Mana o‘sha holat o‘rtachalikdir. Bas, kim o‘zida g‘azabda futurga ketish, hatto rashki susayib qolganini yoki o‘ziga mos bo‘lmagan xorlikni ham qabul qilishga moyillikni his qilsa, nafsini davolashi kerak. Kim o‘zida noo‘rin g‘azabni, haddan oshishni, man qilingan ishlarni qilishga rag‘batni his qilsa, o‘zidagi g‘azab olovini o‘chirish harakatida bo‘lsin. Banda g‘azab masalasida ikki noto‘g‘ri holatning o‘rtasini tutish payidan bo‘lsin. Mana shu mo‘’tadillik sirotul mustaqiymdir». Qur’oni Karim va Sunnati mutohharada noo‘rin g‘azab qattiq qoralanib, uni yutish targ‘ib qilingan. Alloh taolo Shuuro surasida marhamat qiladi:وَالَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ وَإِذَا مَا غَضِبُوا هُمْ يَغْفِرُونَ«Katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo‘ladigan va g‘azablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir» (37-oyat). Ya’ni biror kishi g‘azabini chiqarsa, kechirib yubora oladigan halim bo‘lish, g‘azab chiqqan vaqtda uni ichiga yutib, o‘sha g‘azab chiqishiga sababchi odamni kechirib yuborish oliy darajadagi axloq doirasiga kiradi. Lekin bu, umuman g‘azab qilmaslik kerak, degani emas. Ba’zi holatlarda g‘azabga kelish hatto vojib ham bo‘ladi, oliyjanoblik hisoblanadi. Oyati karimada «g‘azablangan vaqtda» deyilayotganining o‘zidanoq bilsa bo‘ladiki, Islomda insondagi mavjud sifatlarni inkor etish yo‘q, ularni yo‘qqa chiqarishga urinilmaydi, balki ularni tartibga solib, yaxshilikka yo‘naltiriladi, xolos. Islom insonni nafsi uchun behuda g‘azablanishdan qaytaradi, g‘azabini yutishni madh etadi. Lekin shu bilan bir qatorda, Alloh uchun, dinu diyonat uchun, nomus uchun g‘azablanishni vojib qiladi. Demak, hamma narsa, jumladan, g‘azab ham, hilm ham, o‘rnida bo‘lishi kerak. Shoir aytganidek, «Noo‘rin halimlik jaholatdir». Islomda g‘azabni yutish ulug‘ axloqlardan hisoblanadi. Qur’oni Karim oyatlaridan tashqari bu oliy sifatning maqtovi Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislarida, salafi solihlarimizning ishlari va so‘zlarida o‘z aksini topgan.عَنْ حُمَيْدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ رَجُلٍ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: قَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَوْصِنِي. قَالَ: «لَا تَغْضَبْ». قَالَ: قَالَ الرَّجُلُ: فَفَكَّرْتُ حِينَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم مَا قَالَ، فَإِذَا الْغَضَبُ يَجْمَعُ الشَّرَّ كُلَّهُ. رَوَاهُ أَحْمَدُHumayd Ibn Abdurrahmondan, u Nabiy alayhissalomning sahobalarining biridan rivoyat qiladi: «Bir kishi Nabiy alayhissolatu vassalomga: «Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling», dedi. «G‘azab qilma», dedilar. «Nabiy alayhissalom shu gapni aytganlarida o‘ylab ko‘rsam, g‘azab hamma yomonlikni o‘zida jamlagan ekan». Ahmad rivoyat qilgan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَ: عَلِّمْنِي شَيْئًا، وَلَا تُكْثِرْ عَلَيَّ لَعَلِّي أَعِيهِ. قَالَ: «لَا تَغْضَبْ» فَرَدَّدَ ذَلِكَ مِرَارًا كُلُّ ذَلِكَ يَقُولُ: «لَا تَغْضَبْ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Menga bir narsa o‘rgating. Ko‘paytirib yubormang. Shoyadki, anglab olsam», dedi. «G‘azab qilma!» dedilar. U o‘z so‘zini bir necha marta takrorladi. U zot har safar: «G‘azab qilma!» dedilar». Buxoriy, Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.عَنْ سَهْلِ بْنِ مُعَاذٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ أَبِيهِ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ كَظَمَ غَيْظًا وَهُوَ قَادِرٌ عَلَى أَنْ يُنْفِذَهُ دَعَاهُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَى رُؤُوسِ الْخَلَائِقِ حَتَّى يُخَيِّرَهُ مِنْ أَيِّ الْحُورِ الْعِينِ شَاءَ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّSahl ibn Mu’oz roziyallohu anhudan, u otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim g‘azabini unga amal qilishga qodir bo‘lib turib ichiga yutsa, Alloh uni qiyomat kuni xaloyiqning oldida chaqirib, huri iynlardan istaganini tanlash ixtiyorini beradi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. G‘azabning zararlari: 1. G‘azab Rohman va Rohiym – Alloh taoloning g‘azabini keltiradi. 2. G‘azab shaytonur-rojiymni rozi qiladi. 3. G‘azab odamlar orasini buzadi. 4. G‘azabdan hasad va fisqu fasod chiqadi. 5. G‘azab aql va dindagi nuqsonning alomatidir. 6. G‘azab ortidan uzr aytish va nadomat keladi. 7. G‘azab ko‘zni ko‘r, quloqni kar qiladi. 8. G‘azab o‘z egasiga odamlar nafratini keltirib chiqaradi. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan).أبي الدرداء قال : قلت : يا رسول الله دلني على عمل يدخلني الجنة ، قال : لا تغضب ولك الجنة. رواه الطبرانيAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Men : “Ey Allohning rasuli meni jannatga kirgizuvchi amalga dalolat qiling” dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam : “G‘azab qilma va senga jannat bo‘ladi” dedilar. Tabaroniy rivoyati. Bu hadis sahihdir. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 06:09 | Савол-жавоблар | 194 | Oila va turmush