Sohta tabibga raddiya
Assalomu alaykum! Domla Xasan muolajalariga man qizlarim, nabiralarim bilan bir oydan ortiq qatnab yurubmiz. Alhamdulillah shukur, shifo topyapmiz. Bir necha og‘ir bemorlar, nogironlar shifo topib ketayotganiga guvoh bo‘lib turubman.
Domla Xasan shaniga https://savollar.islom.uz/savol/141000 shu maqolada bildirilgan ayblovlar, mani fikrimcha, xolatni to‘liq o‘rganib chiqmasdan asossiz bildirilgan. Ma’muriyat nufuzi o‘ta yuqori va shunga yarasha masuliyat ham o‘ta yuqori-ku. Yomon gumon va tuxmat Xukmini eslaylik. Ko‘rganni eshitgan engibdimi? Ishonchli manbalar shifo topib ketganlar buketini ko‘rishmabdimi? Man Domla Xasan qo‘llaridagi xislatni Iso Masih(a.s) qo‘llariga nisbat beraman. Alloh o‘zi istaganiga fazilat beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz qatnab yuravering, bizni sizga e’tirozimiz yo‘q. Ammo siz aytgan tabibni faoliyati qanday ekanligini juda yaxshi bilamiz. Sizning fikringizcha “to‘liq o‘rganmasdan” degan gapni yozibsiz, bu sizning fikringiz. Biz har bir yozgan narsamizga Allohning huzurida javob berishni o‘ylab yozamiz. Avvalida biz u kishini tanimasligimizni aytgan edik. Keyin u kishini o‘zini gapirayotgan gaplarini o‘rganib chiqdik, so‘ng shariat hukmini aytdik. Har bir narsa xoh u kasb bo‘ladimi, davolanish bo‘ladimi joiz va nojoiz degan ikki jihati bo‘ladi. Alloh taolo buni imtihon qilish uchun shunday qilgan. Afsuski insonlar hozirgi kunda kasb korda ham, tijoratda ham va davolanishda ham joizini qo‘yib nojoizini tanlaydilar. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الرُّقَى وَالتَّمَائِمَ وَالتِّوَلَةَ شِرْكٌ، فَقَالَتْ امْرَأَتُهُ زَيْنَبُ: كَيْفَ هَذَا وَاللهِ لَقَدْ كَانَتْ عَيْنِي تَقْذِفُ، فَكُنْتُ أَخْتَلِفُ إِلَى فُلَانٍ الْيَهُودِيِّ فَيَرْقِيهَا فَتَسْكُنُ، قَالَ: ذَلِكَ عَمَلُ الشَّيْطَانِ كَانَ يَنْخُسُهَا بِيَدِهِ، فَإِذَا رَقَاهَا كَفَّ عَنْهَا، إِنَّمَا كَانَ يَكْفِيكِ أَنْ تَقُولِي مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: أَذْهِبِ الْبَأْسَ رَبَّ النَّاسِ، اشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir», dedi. Shunda uning xotini Zaynab: «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi», dedi. «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar. («Hadis va Hayot» kitobidan). Gohida noshar’iy ishlar ham shifoga sabab bo‘ladi. Bu erda musulmon kishi “asosiysi shifo emas shariatga mavofiq to‘g‘ri yo‘ldan shifo topish kerak” degan fikrni oldinga qo‘yish kerak. Bir vaqtlar Kaspirovskiy, Chumak kabilar haqida ham Iysoning qo‘lidagi xislatlar bor deb aytishgan edi. Oxiri qip-qizil firibgar bo‘lib chiqishdi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 06:20 | Савол-жавоблар | 150 | Tabobat