xayz xaqida
Xurmatli Shayx janoblari meni savolim quyidagilardan iborat : 1.Xayz to‘g‘risida: bir ayol o‘zini odati keladigan kunida qizg‘imtir rang ko‘rgan lekin sof qizil qon emas buni u xayz deb xisoblab o‘z odat kuni bo‘yicha (uni odati 10 kun bo‘lgan )10 kun namoz o‘qimay yurdi .10 kuni o‘tgandan keyin xaligi qizg‘imtir rang to‘xtamagan u g‘usl qilib namozni boshlayvergan xar bir namozga aloxida taxorat bilan. oradan 4 kun o‘tib endi xaqiqiy toza qon kelishni boshlagan uni aytishiga qaraganda bu o‘z odatidagi keladigan qonning o‘zi ekan ya’ni rangi xidi xam bo‘lar ekan shular doim bir xil kelar edi ekan xuddi shunday qon kelishni boshlagan ushbu ayol nima qilishin bilmay yana namozni to‘xtatgan extiyotan xozir u nima qilsin ? namozni boshlayversinmi yoki o‘qimay turgani to‘g‘rimi ?2.Ayol kishi avtomobil minishi xaqida so‘ramoqchi edim.bir domladan so‘rashgan edi u kishi " La’anallohul furuja ’alas suruj" degan xadisni keltirib bo‘lmaydi dedilar lekin savol bergan bundan qoniqmadi ya’ni xozirgi moshina o‘tirg‘ichiga otning egarini qiyos qilib bo‘lmaydi dedi bunga aniqlik kiritib berishingizni so‘rayimz.3.meni 5 oylik o‘g‘lim ko‘tarib turganimda ustimda kiyib turgan charm (koja) pidjagimga qusib yubordi bunda pidjak benamoz bo‘ldimi agar bulgan bo‘lsa qanday tozalayman.Javobingiz uchun oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Hayzning ozi uch kecha-yu uch kunduz, ko‘pi o‘n kun. Imom Tabaroniy va Dora Qutniylar Abu Umoma roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bikr qizning va turmushga chiqqan ayolning oz hayzi uch kundir, ko‘p hayzi o‘n kundir», deganlar.Poklikning ozi o‘n besh kun. Bunga sahobai kiromlar ittifoq qilganlar. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u bobosidan qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Hayzning ozi uch kundir, ko‘pi o‘n kundir. Ikki hayz orasining eng ozi o‘n beshdir», deganlar.Ko‘pining chegarasi yo‘q. Bir yoki ikki yil bo‘lishi. Gohida umuman hayz ko‘rmasligi ham mumkin.Hayz muddatida orada qon to‘xtashi va ayolning oq rangdan boshqa rangdagi narsa ko‘rgani ham hayzdir.Demak, hayz davrida ma’lum muddat qon kelmay qolishi mumkin. Shuningdek, hayzning asl rangidan boshqa rangdagi suyuqlik kelishi ham mumkin. Hayzli ayol bunday holatlar oriz bo‘lganda hayzim tugadi degan xayolga bormasligi zarur. Hayz to‘xtaganda oq rangli narsa keladi.Ayollar Oishaga ichiga paxta solingan tuvakni yubordilar. Unda sarg‘ish rangli qon asari bor edi. U (Oisha) : «To oq narsani ko‘rmaguningizcha shoshilmanglar», dedi. U bu bilan hayzdan tamoman pok bo‘lishni iroda qilgan edi». Buxoriy va Molik rivoyat qilishgan.Hayz ko‘rgan ayoldan oxirgi vaqtda oq rangli suyuqlik kelgani hayzning tugagani alomati bo‘ladi. Ana shungacha shoshilib, hayzim tugadi, deb g‘usl qilib yoki hayz man qilgan narsalarni qilmay turish kerak.2. Bu ixtilofli masala. Ba’zilar ruxsat bermaydi, boshqalar beradi.3. Yuvib yuborsangiz bo‘ldi.
20 Апрел 2022, 19:13 | Савол-жавоблар | 206 | Dolzarb savollar