Kalb, Nafs, Akl, Uzlik xakida

Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux Shayx xazratlari!1. Ilm yulida ba’zi bir kalimalarning ma’nosini ravshanrok anglashimda Sizning yordamingizga muxtoj bulib koldim. Nafs, jon, kalb (qalb), akl, xotira kabi suzlarni insonga nisbat kilib ishlatganimizda bular insonning aynan kanday tomonini/ sifatini/ kobiliyatini/xilkatini ifodalaydi, bularning orasidagi fark nima? Insonning uzini, atrofini tanishi va shu atrofni tanish orkali uning yaratuvchisini tanishi jixatidan mazkur suzlarni kullashning uzida savollar tugildi. Ilmli birodarlardan va olim ustozlardan uzok surab javob ololmagach, oxirgilarning tavsiyasiga binoan Siz muxtaramga murojaat kilishga karor kildim. Kitob va boshka manbalardan izlanganda bu kalimalarning, masalan, nafs kalimasi bir necha boshka-boshka suzlar bilan boglanib kelganda uning turli kirralari ifodalagan: nafs balosi, uzining nafsi, nafsga ergashmok, shaytoniy nafs, nafsi ustidan golib bulmok, nafsiga zulm kilmok, uz nafsiga zid ish kilmok va xokazo, lekin shunga karamay nafsning uzi nimaligi men uchun yorkinlashmadi. Nafs nima? Inson uzligi bilan uning nafsi bir narsami? Insondagi xayvoniy va shaytoniy mayl-istaklar yigindisimi yoki u ikkalasiga malakiyni xam kushgandagi xilkat extiyojlari majmuasimi? Nafs va xirs bir narsami? Rux xakida biz uchun ilm maxdudligini nazarda tutgan xolda Insonning kalbi, ruxi, joni va uzligi urtasida nima fark bor? Kalb nima? Iymon kalbda bulsa, inson esa kalbning soxibi bulsa, demak, insonning uzligi boshkayu, kalbi boshkami? Allox «bandaning uzligi bilan uning kalbi urtasida» bulishi, Uning insonga «uzidan xam yakinrok» bulishi, Insonning kalbi Alloxning «ikki barmogi urtasida» bulishi bu - Inson uzligi va uning kalbi urtasidagi farkni xam bildiradimi yoki fakat Yaratuvchining bandasiga juda yakinligiga ishoratmi?Xayvonlarda, jinlarda va farishtalarda kalb ta’rifi kanday? Unda akl kanday tushunilishi lozim? Akl va xotira kalbda joylashgan bulsa, demak, akl va xotira faoliyatiga kalbning «shamolda titrayotgan maysadan», «kaynayotgan suvdan» xam kura uzgaruvchanligi ta’sir kilsa kerak? Bu xolatlarni kanday ta’riflash mumkin? Kalbdagi iymonning uzgaruvchanligi xam shundanmi? Alloxning ilxomini kalb uzgarishidagi bir xolat deb tushunsa buladimi? 2. Muxtaram Shayx xazratlari, Sizni Allox yulida juda yaxshi kuraman, Siz va axlingiz xaklaringizda duodaman. Sizning xam duolaringizga men va axlim mushtokmiz.3. Rus tilini yaxshi bilaman degan umiddaman, tajribam bor (fors tilini xam bilaman, arab tilini urganyapman); menga xam xizmat buyurilsa, sharaf deb bilaman,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Tasavvuf qalb, ruh, aql va nafs kabi ma’nolarni alohida ehtimom ila tushuntiradi va ularning har biriga musulmon banda qanday munosabatda bo‘lishi zarurligini bayon qilib, o‘sha bayonni tatbiq qilinishini ham yo‘lga qo‘yadi. Tasavvufning nomlaridan biri «ruhiy tarbiya» bo‘lgani ham shundan.Tasavvufda qalb, ruh, aql va nafs deb ataladigan ma’nolarni aniq bilib olish katta ahamiyat kasb qiladi. Bu narsalarni har birining haqiqatini anglab etish va ularni bir – biridan aajratib olish ham oson ish emas.Ushbu to‘rt narsa haqida qisqacha ma’lumot bilib olishimiz zaruriy bir narsadir.1. Qalb.Qalb lafzi ikki xil ma’noda ishlatiladi;Birinchisi, insonning chap ko‘kragiga joylashgan, konus shaklidagi maxsus jism. Uni bizning tilimizda yurak deyiladi. Tasavvufda qalb deyilganda o‘sha a’zoni ko‘zda tutilmaydi.Ikkinchisi, Robboniy, ruhoniy va latif narsa bo‘lib, uning avvalgi qalbga bog‘liqligi mavjud. Ularning orasidagi aloqa xuddi sifatning sifatlangan narsa bilan bo‘lgan aloqasiga o‘xshaydi. Ana o‘sha latif narsa insonninng haqiqatidir. Idrok, bilim va ma’rifat o‘shandandir. Xitob, itob, iqob va talab ham o‘shangadir.Tasavvufda qalb deyilganda mazkur latif narsa anglanadi. U haqda so‘z ketganida uning safati va ahvoli haqidagina so‘z ketadi. Haqiqati haqida so‘z ketmaydi.2. Ruh.Bu lafz ham xuddi qalb lafzi kabi ikki xil ma’noni ifoda etadi;Birinchisi, jismoniy qalb ichidagi latif jism bo‘lib, asablar orqali badanning barcha taraflariga tarqaladi. Tabiblar ruh va unga bog‘liq narsalar haqida so‘z yuritganlarida aynan ana o‘sha ruh haqida gapirgan bo‘ladilar.Mazkur ruh bilan tasavvufning aloqasi yo‘q. Tasavvufda muolaja qilinadigan ruh biluvchi va idrok qiluvchi latif shay’dir. Uning haqiqatini Allohdan o‘zga bilmaydir. Alloh taoloning O‘zi «Isro» surasida: «Va sendan ruh haqida so‘rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt», degan (85 oyat).Ushbu oyati karimada ruh haqidagi savolga Alloh taolo bergan javob zikr qilinmoqda. Bu javob:«Ruh Robbimning ishidir», deyishlik. Ruh, uning mohiyati va unga tegishli boshqa narsalar Allohning ishi, bandaning ishi emas. Banda qanchalik maqtanmasin, ilmi ozdir.«Sizga juda oz ilm berilgandir».Insonning hamma narsasi cheklangandir. Jumladan, aqli, idroki ham mahduddir. U aqli, idroki doirasidagi ishlar ila shug‘ullanib, undan tashqaridagi narsalar xususida behuda bosh qotirmasligi kerak. Bular qatoriga ruh masalasi ham kiradi. Hozirgacha insonning ruh haqida biror narsa bilish uchun qilgan barcha harakatlari behuda ketdi. Ruh haqida hech narsa bila olmadi. Inson ruh haqida bilgan birdan-bir narsa Alloh yuborgan vahiy, xolos. 3. Nafs.Bu lafz ham bir necha ma’nolarda ishlatiladi. Tasavvufda nafs lafzi ikki ma’noda ishlatiladi.Birinchisi, insondagi g‘azab va shahvat quvvatini jamlovchi ma’nodir. Ha, ahli tasavvuf nafs deganda ko‘proq yomon sifatlarni o‘zida jamlovchi narsani ko‘zda tutadilar. Shuning uchun ham ularning istilohida, nafsga qarshi mujohada qilish, uni sindirish kabilar tez – tez uchrab turadi. Bundoq nafsni o‘ziga xos ismi bo‘lib uni «an-Nafsul Ammoratul Bissu’i» - yomonlikka amr qiluvchi nafs deb ataladi. Alloh taolo «Yusuf» surasida: «Va o‘z nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka undovchidir. Albatta, Robbim mag‘firatli va bilguvchi zotdir», dedi», degan (53 oyat).Ikkinchisi, avval zikr qilingan insondagi latif jism bo‘lib, u insonning joni va o‘zini anglatadi. U holatga qarab turli vasflarga ega bo‘ladi.Gohida «Fajr» surasida zikr qilingan vasfda bo‘lishi mumkin.Alloh taolo o‘sha surada yana marhamat qilib: «Ey, xotirjam nafs! Robbingga sen Undan, U sendan rozi bo‘lgan holda qayt! Bas, bandalarim ichiga kirgin! Va jannatimga kirgin!» degan (27-30 oyatlar).Bunday nafs shahvatlar ila kurashda g‘olib bo‘lib, sokinlik kasb qilgan nafsdir. Uni mut’mainna – xotirjam nafs deb ataladi.Gohida «Qiyomat» surasida zikr qilingan vasfda bo‘lishi mumkin.O‘sha surada Alloh taolo marhamat qilib: «Va malomatchi nafs bilan qasam», degan (2 oyat).«Malomatchi nafsdan» murod taqvodor mo‘min kishining nafsidir. Chunki u o‘z egasini doimo malomat qilib (tergab) turadi. Gunoh ish qilsa, «Nima uchun gunoh qilding? Allohdan qo‘rqmaysanmi? Oxiratda nima javob berasan?» deb malomat qiladi. Savob ish qilsa, «Bu oz-ku, ko‘proq qilsang bo‘lmaydimi? Qancha ko‘p savob ish qilsang, o‘zingga foyda-ku», deb malomat qiladi. Tasavvuf maktabning mashhur namoyandasi, Islom olamida katta hurmatga ega bo‘lgan olim Imom Hasan Basriy, yaxshi odam doimo o‘z nafsini malomat qilib turadi, fojir odam nafsini itob qilmay yuraveradi, deganlar.4. Aql.Bu lafz ham turli ma’nolarda ishlatiladigan lafzlardandir. Tasavvufda o‘sha ma’nolardan ikkitasi ishlatiladi.Birinchisi, narsalarning haqiqatini idrok qilish bo‘lib, ilmning suratidan iborat bo‘ladi.Ikkinchisi, ilmlarni idrok etuvchi bilimdir.2. Biz ham sizlarni yaxshi ko‘ramiz va haqingizga duo qilamiz.3. O‘zingizni tanitib, ushbu sahifa mudiri Abu Muslim bilan aloqa bog‘lang. Hozir kitoblarimizni rus tiliga tarjima qilmoqdamiz. Ehtimol yordamingiz kerak bo‘lar. Agar tarjima qilgan narsangiz bo‘lsa, yuboring.

21 Апрел 2022, 06:20 | Савол-жавоблар | 206 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar