Imomga iqtido

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlardan imomga iktido kilish masalasi bo‘yicha savolim bor. Namozni ukishni boshladim in sha Allox. Bilishimcha farz namozlarini ado etishdan oldin, niyatda "imomga iktido kildim" deb kushimcha kilinadi. Aynan mana shu iktido kildim deganida, fakatgina "subxanaka Alloxumma..." , ruku’dagi "Subxana robbiyal a’ziym", sajdada "Subxana robbiyal a’la", attaxiyot va alloxumma solli... aytiladimi yoki fotixa va zam suralarini xam ichida maxfiy ukilishi kerakmi? Sababi masjidda peshin namozining 4 rakaat farzining 3-chi va 4-chi rakaatlariga turilganda, ichimda maxfiy fotixa surasini oxirigacha ukishga ulgurmasimdan imom ruku’ga Alloxu Akbar divorvoti. Ukigan suram chala yarim bulib ruku’ga ketib kovoman. Zam surasini umuman ukishga ulgurmayapman. Dustimdan surasam, iktido kildim deganing etadi deb, yukoridagi gaplarni manga aytdi, ya’ni fotixa va zam suralarini ukimasen xam buladi dedi. Shu masala buyicha manga oydinlik kiritib bering iltimos. Iktido deganda nima tushuniladi va iktido nimani uz ichiga oladi? Ikkinchi masala iftorlik vaktida aytiladigan duodagi "sumtu" "amantu" "tavakkaltu" "aftartu" fe’llar birinchi shaxsga nisbatan kullaniladi, ya’ni "ro‘za tutdim", "iymon keltirdim", "tavakkal kildim", "iftorlik kildim" degan ma’nolarni anglatadi. Savolim shundaki, arab tili grammatikasidan tushunchaga ega bulmagan insonlar jamoat joyda buladimi yoki oiladami ikki kishidan ortik shaxslar iftorlik duosini ukiganda fakatgina oila boshligi, masalan ota yoki ona shu duolarni ukishadi kolganlar esa shu duoni tinglab kullarini duoga ochib turishadi. Aynan shu erda arab tili grammatikasini xisobga olgan xolda, ukilgan duo oiladagi xamma shaxslarga xam utadimi yoki yukorida aytilgan fe’llar "sumna" "amanna" "tavakkalna" "aftarna" deb aytilishi joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Fotiha va zam surada jim turiladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “imomning qiroati muqtadiyning qiroatidir” deganlar. Ya’ni muqtadiyning o‘rniga imomning qiroati kifoya qiladi. Boshqalarida imom bilan birga muqtadiy ham o‘qiydi.
2). Yaxshi. Sekin sekin buni ham o‘rgatib borish kerak. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 06:45 | Савол-жавоблар | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar